June 24

WWDC22

Shu yil 6-iyundan 10-iyungacha Apple kompaniyasining asosiy konferensiyasi - WWDC (Worldwide Developers Conference) bo'lib o'tdi. Apple Developer saytida hamma videolar bilan tanishish mumkin, lekin asosiy e'tibor konferensiyaning birinchi kunida bo'lib o'tadigan taqdimotiga (keynote) qaratiladi. Deyarli ikki soatlik videosi bu yerda va The Verge nashridan 24 minutlik videosi quyida:

Apple WWDC 2022 keynote in 24 minutes

Odatda, yozdagi taqdimotda dasturiy ta'minot (software) bilan bog'liq anonslar qilinadi. Lekin katta yangilik sifatida Apple chipining yangi versiyasi — M2 haqida to'xtalish mumkin.

Asosiy anonslar:

  • iOS 16 (bu imkoniyatlarning ko'pi macOS va iPadOS uchun ham taalluqli)
    • Qulf ekranini (Lock Screen) sozlash, qo'shimcha vidjetlar qo'shish va hokazo. Apple soatlaridagi asosiy ekranni moslashtirishga o'xshaydi (watch faces).
    • Fokus (diqqat) rejimi endi ilovalar ichidagi kontentni filtrlashi mumkin. Masalan, Work (ish) fokus rejimi yoqilganda Messages ilovasida faqat ish bilan bog'liq xabarlarni (yoki odamlarni) qoldirish mumkin.
    • Photos ilovasida oila uchun umumiy kutubxona mavjud va unga avtomatik ravishda turli fotolarni kriteriyalar asosida qo'shish mumkin: oila a'zolari bilan yoki maxsus joyda olingan fotolarni avtomatik qo'shiladigan qilib sozlash mumkin.
    • Messages'ga boshqa messenjerlarda yillar davomida mavjud bo'lgan imkoniyatlar kelyapti: yuborilgan xabarni qaytarvolish (unsend), o'qilmagan sifatida belgilash, xabarni tahrirlash kabi.
    • Mail ilovasiga ham kechikkan imkoniyatlar qo'shilyapti: yuborishni bekor qilish, rejalashtirilgan vaqtda yuborish, yaxshiroq qidiruv va h.k.
    • Passkeys: biometrik xususiyatlar asosida ishlaydigan va odatiy parollarni almashtiradigan yangi usul. Bu usul turli ma'lumotlar o'g'irlanishi va ovlanishiga (phishing) qarshi xavfsiz. Buning ustida Google va Microsoft ham birga ishlayapti Apple bilan.
    • Health: endi qabul qilinayotgan dorilarni ilovaga kiritib borish mumkin; agar dorilar bir-biriga mos kelmasa ilova ogohlantiradi.
    • CarPlay: imkoni bo'lganda mashinaning hamma ekranlarini egallaydi.
  • iPadOS 16
    • Eng katta yangilik — Stage Manager: bir nechta ilova ekranda ko'rinishi va ochiq ilovalarni boshqarishni osonlashtiradigan yangi imkoniyat.
    • Apple konseptlar va fikrlarni vizuallashtiradigan, Miro va FigJam'ga o'xshaydigan yangi ilova taqdim qiladi: Freeform.
    • Va nihoyat, Apple'ning ob-havo ilovasi (Weather) iPadOS'ga chiqarilyapti.
  • macOS Ventura
    • iOS va iPadOS'lardagi asosiy yangi imkoniyatlar desktop operatsion tizimida ham mavjud bo'ladi: Mail, Messages, Stage Manager, Photos, Freeform va h.k.
    • Eng katta yangilik: iPhone'ni video-muloqotlar uchun kamera sifatida ishlatsa bo'ladi.
  • watchOS
    • Jismoniy mashqlar (workouts) bog'liq turli o'zgarishlar.
    • Uyquni yaxshiroq kuzatish va uyqu bosqichlarini aniqlash.

Yuqoridagi ko'p yangi imkoniyatlar boshqa (asosan, Android) tizimidagi turli qurilmalarda mavjud yoki boshqa ilovalarda allaqachon ko'rish mumkin.

Boshqacha tarzda trendga kirgan va Apple juda yaxshi natijaga erishayotgan ikkita sohani aytib o'tgan bo'lardim: Accessibility (hammaboplik) va Privacy (maxfiylik).

Boshqa videolar

WWDC davomida dasturchilar va dizaynerlar uchun turli foydali sessiyalar bo'ladi. Shulardan menga qiziq bo'lganlari quyida:

Qolgan videolar Apple Developer saytida: https://developer.apple.com/videos/all-videos/