May 8, 2022

📹 Shanba videolari - 12

Bu rukndagi so'nggi videolar 2020-yil oktabrida qo'yilgan ekan. Menimcha, birozga bo'lsa ham qaytarish vaqti keldi. Boshqa videolar #shanba_videolari tegi orqali topiladi kanalda.

Turli artistlar hamkorligi

Rassom va animatorlarda juda bir o'ziga xos hamkorlik mavjud: bir artist maxsus mavzuda ish boshlaydi va boshqalar uni davom ettiradi.

pwnisher boshlagan ishda 2400 dan ortiq 3D artistlar qatnashgan. Boshlang'ich animatsiya artistlarga beriladi va ular muhit va qo'shimcha detallarni o'zlari qo'shadi. Birinchi videoda artistlarga nimanidir sudrab (yoki itarib) ketayotgan personaj animatsiyasi berilgan. Saralab olingan 100 ta roliklar bitta videoga yig'ilgan va nomi: Alternativ voqeliklar (Alternate Realities).

Top 100 3D Renders from the Internet's Largest CG Challenge | Alternate Realities

"Cheksiz sayohatlar" deb nom olgan ikkinchi videosi uchun artistlarga yurib ketayotgan transport vositasi animatsiyasi berilgan. Bunisidayam 2400 dan ortiq artistlar qatnashgan va eng yaxshi 100 ta roliklar yig'indisi quyidagi videoda

Top 100 3D Renders from the Internet's Biggest CG Challenge | Infinite Journeys

The Kiffness

Ushbu muallif internetda ommaviylashgan videolarga musiqa qo'shib klip tayyorlaydi. Masalan, "Alugalug Cat" deb nomlangan mushukning videosi bor. Unda mushuk yonidagi odamga nimalarnidir tushuntiradi, lekin hali nisbatan rivojlanishga ulgurmagan bizning miyamiz faqat "lug'a-lug'a" degan so'zni payqaydi xolos. Shu mushuk bilan qilgan remiksini ko'ramiz birinchi:

Alugalug Cat X The Kiffness (Soulful Singing Cat Live Looping Remix)

Odamzodning baxtiga bu videoni dunyoning turli joylaridagi boshqa artistlar olib, ular ham o'zlarining remikslarini tayyorlashgan. Va so'nggi natija odamga juda umid bag'ishlaydigan videoga aylangan. Xuddi izohlardagi foydalanuvchi aytganidek: "dunyo madhiyasi." Ayniqsa, o'tgan yili koronavirus bilan kurashayotgan paytda qo'shimcha ijobiy kayfiyat bergan narsalardan biri.

The Kiffness - Alugalug Cat (International Symphonic Mashup)

Boshqa mushuk (Numnum Cat) va odamzod hamkorligi:

The Kiffness - Numnum Cat (International Mashup)

O'yinlarga bag'ishlangan

Bir paytlar Malukah ismli qo'shiqchi o'sha paytlardagi o'yinlardagi musiqa va qo'shiqlarni o'ziga xos kuylab chiqqandi. 2011-yilda chiqqan The Elder Scrolls V: Skyrim o'yinidagi qo'shiqqa (Dragonborn comes) qilingan kaveri (cover) juda mashhur bo'lgan.

Malukah - ‪The Dragonborn Comes - Skyrim Bard Song and Main Theme Female Cover‬

Xuddi shu qo'shiq va boshqalari Eileen tomonidan ukrain tilida ijro qilingan va buyam o'ziga xos. Masalan, Vedmak (The Witcher) serialidagi "Toss a Coin to Your Witcher" qo'shig'i. Lekin men Eileen ijro qilgan ukrain xalq qo'shig'ini keltirgan bo'lardim quyida, chunki, Rossiya boshlagan urush ketayotgan paytda erkinlik va ruhni ko'taradigan qo'shiqlarning ahamiyati oshadi. Xuddi shu qo'shiqning ko'pchilik tomonidan qilingan ijrosini ham tinglashni/ko'rishni tavsiya qilaman.

🇺🇦 Ой, у лузі червона калина. Ukrainian patriotic folk song

Juda ishiga mehr qo'ygan odamlar tomonidan qilingan va odamlarning ko'nglidan juda boshqacha joy olgan bir o'yin bor: Read Dead Redemption 2. Balki kelajakda o'yin haqida alohida to'xtalarman (Chaqmoq FM podkastida ham to'xtalgandik). Christian Larsson esa shu o'yinning saundtrekiga juda zo'r qo'shiq qilgan:

Christian - Unshaken (cover) || Red Dead Redemption 2 Soundtrack

So'nggisi: Assassin's Creed Valhalla o'yinidagi qo'shiqqa qilingan kaver. Turli musiqa asboblari bilan o'yinning ruhi va davrini (vikinglar) berolgan.

My Mother Told Me (Gingertail Cover) Vikings / Assassin's Creed Valhalla

Dunyo tillari haqida

Langfocus juda sodda qilib turli tillarning kelib chiqishi, o'ziga xosliklari va har xil tillarning farqlari va o'xshashliklarini tushuntirib beradi. Kanalida deyarli hamma keng tarqalgan tillar haqida o'rganish mumkin. Birinchi videosi turk tili haqida:

The Turkish Language

Keyingi videosida esa rus va ukrain tillarining farqini va tarixini juda yaxshi tushuntirib bergan.

How Different Are Russian and Ukrainian???

Umuman olganda, Telegram rostdan ham uzunroq va boyroq formatdagi kontent uchun yetarlimas. Veb — zo'r platforma.