September 23, 2022

Unsplash

Alanya, Turkiya. 2021-yil.

2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma narsani fotoga olish, noto'g'ri tahrirlash kabi xatolar bilan boshlanishiga qaramay, asta-sekin fotolar sal yaxshilanishni boshladi. Shunchaki hobbi sifatida yaxshi mashg'ulot.

Boshida faqat Instagram'ga qo'yilgan fotolarni keyinroq Unsplash'ga ham qo'yishni boshladim. Unsplash - sifatli, professional fotolardan bepul foydalanish imkoniyatini beradigan platforma. Unsplash'ning yana bir yaxshi xususiyati bor: u Notion, Trello, Figma kabi uskunalarga integratsiya qilingan va shu uskunalarning o'zida Unsplash fotolaridan foydalanish mumkin.

O'zbekiston yoki Toshkentning sifatli fotolari kerak bo'lganda Unsplash'dagi profilimdan yuklab olish mumkin. Sayohatlarimda uchraydigan yaxshi kadrlarni ham qo'yib boraman asta-sekin.

https://unsplash.com/@far5n10v

Instagram'dagi sahifam shunchaki kuzatish uchun:

https://www.instagram.com/far5n10v/

P.S.: Adiblar xiyobonida olingan fotomdan Jozef Gordon-Levit ham foydalandi orada :)