Keychron K3: mexanik klaviatura
Taxminan 2 yil oldin mexanik klaviaturalarga qiziqishim ortishni boshladi. Yaqingacha, mening asosiy klaviaturam Apple Magic Keyboard va MacBook Pro'ning klaviaturasi edi. Lekin shu yil iyul oyida asosiy klaviaturamni Keychron K3 klaviaturasiga almashtirdim.
Avvalgi klaviaturalarim bilan katta muammo yo'q: Magic Keyboard'da menga eng yoqmaydigan tarafi klavishlarning joylashuv tartibi edi. Eng yoqimsizi - ko'rsatkich (ββββ) klavishlarining bir-biriga yopishib olgani. Menga teskari "T" ko'rinishidagi joylashuv qulay.
Yana bir o'zim xohlagan narsa: haqiqiy terish tajribasini his qilish. Odatda, Apple klaviaturalarini imkoni boricha yupqaroq va tovushsiz qilishga harakat qiladi. Ba'zida bu muammolargayam olib keladi, xuddi butterfly klaviatura bilan bo'lganidek.
Membranali klaviaturalardan farqli ravishda, mexanik klaviaturalarda klavish mexanizmlari alohida. Shuning uchun, bu klaviaturalar nisbatan qalin va tovushi balandroq. Yana farqli tomoni - klavishni har doim ham oxirigacha bosish shart emas: shunchaki biroz bosilganda harf teriladi va bu ko'p matn yozadigan odamlar uchun juda qulay.
Mexanik klaviaturalarning to'g'risini tanlash ham oson ish emas. Eng mashhur kompaniyalardan biri bo'lgan Keychron kompaniyasining 10 dan ortiq modeli mavjud. Har bir modeldagi mexanizm ham farq qiladi. Masalan, quyidagi xususiyatlarga e'tibor berish lozim:
- Klaviaturaning hajmi va tartibi. Hamma bo'limlari bor (full-size) K10 modeli ham bor, harf va raqamlardangina iborat (60%) K12 modeli ham mavjud. Model nomlanishi ham klaviatura hajmi va qaysi bo'limlari mavjudligiga bog'liq: kalkulyatorga o'xshagan qismi yo'q model nomi - "tenkeyless" (TKL); agar klaviatura yanada qisqartirilsa - 75%; yuqoridagi funksiya (F1-F10) klavishlari ham olib tashlangani - 65%.
- Klavish mexanizmi (switch type). Klaviaturani ishlatish turi va joyiga qarab tanlanadi. Masalan, ofisda ishlatish uchun nisbatan shovqinsiz bo'lgan Red, Black, Blue ishlatiladi. Uy yoki boshqalarsiz matn teriladigan joyda shovqinlirog'ini ham olish mumkin. Mexanizmni qanday tanlash bo'yicha qo'llanmalar ham mavjud: The Ultimate Guide To Cherry MX Switches: Pick The Right Color
- Muhimligi kamroq boshqa xususiyatlar: klavishlar tagi rangli yoki oq yonishi, Bluetooth yoki kabelli, ranglari va hokazo.
Uzoq tanlovlardan so'ng, men o'zimga asosiy kriteriyalarni tanladim: qalinligi kamroqligi, ixcham va shovqinsiz bo'lishi. Bu holatda eng ma'qul variant - Keychron K3. Mexanizmi - Red switch, nisbatan ovozi past chiqadigan varianti.
K3 nisbatan yupqa bo'lishiga qaramasdan, Magic Keyboard'ga nisbatan ancha qalin. Klavishlarning tagidagi mexanizmining bir qismi ko'rinib turadi. Estetik tomondan bu sal g'alatiroq tuyuladi boshida.
Klaviaturadan foydalanishni boshlagan katta qiyinchiliklardan biri klavishlar tartibiga o'rganish bo'ldi. Odatda, men klaviaturaga qaramasdan teraman va klaviaturadagi barcha klavishlarning joylashuvi "muskul xotirasi"da saqlangan. Keychron klavishlari nisbatan katta, shuning uchun, Command+C
yoki Command+V
kabi juftliklarni bosishda qiyinchilik tug'iladi. Bundan tashqari, Fn
klavishi boshqa joyda va Option
faqat bitta.
Mexanizmda sezilgan farq, asosan, bir nechta belgilar terilishi bilan bog'liq: avvalgi klaviaturaga o'rgangan barmoqlar biror klavishni chuqurroq yoki ko'proq bosvorishi mumkin. Ba'zida biror belgi termoqchi bo'lib barmog'imni shunchaki klavish ustiga qo'yin turganimda ham belgilar terilardi. Hozir bu muammo yo'q.
Xullas, 2 oy foydalanish davomida yoqtirganlarim:
- Terish tajribasi (typing experience) juda yoqimli. Matn terish qanaqadir shunchaki bajarish kerak bo'lgan ishmas, yoqimli jarayonga aylandi.
- Klavishlar tartibi qulay. Faqat bitta sharti: biroz vaqt talab qiladi moslashgani. Masalan, ko'rsatkichlarni tez topish uchun Keychron klaviaturalaridagi "yuqoriga"
β
klavishiga chiziqcha bo'rttirilgan (xuddiF
vaK
klavishlariga qo'yilgandek). - Klaviaturadan chiqadigan tovush yoqimli.
- Umumiy dizayni nisbatan chiroyli, ayniqsa, alohida ajralib turadigan
Esc
klavishi.
- Klaviatura foydalanilmayotganda 10 minutdan so'ng uyquga ketadi. Uyg'onish jarayoni Magic Keyboard'ga nisbatan uzoqroq.
- Ba'zida o'ng tomonda ham
Option
bo'lishini xohlaydi odam. Faqat chap tomonga bu klavish qo'yilgani har doim ham qulay emas. - macOS menyu panelida klaviaturada qancha quvvat qolganini ko'rsatmaydi.
Albatta, ko'p matn yoki kod yozadigan odamlarga sinab ko'rishni juda qattiq tavsiya qilaman. Quyidagi video nega mexanik klaviaturalar haqida o'ylab ko'rishga yordam berishi mumkin:
Keyingi klaviatura sifatida Keychron Q1 yoqyapti hozircha π