August 30, 2021
Eliminate, Simplify, Automate, Delegate
1-2 yil oldin qiziq bir maqolaga ko’zim tushib, undagi jarayonlar yoki odamning vaqtini optimallashtirish bo’yicha taklif qilingan usul juda yoqqandi. Xullas, har qanday jarayon, ish, vazifa yoki faoliyatni optimallashtirishda ularni ko’rib chiqish va quyidagi ketma-ketlikka amal qilish lozim:
- Imkoni boricha uni bartaraf qilish (eliminate).
- Soddalashtirish (simplify).
- Avtomatlashtirish (automate).
- Topshirish (delegate).
Tim Ferris o’zining The 4-Hour Workweek kitobida yaxshi yozgan bu haqida:
Bartaraf qilinishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon avtomatlashtirmang va avtomatlashtirilishi yoki soddalashtirilishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon boshqaga topshirmang. Aks holda, siz o’zingizning vaqtingiz o’rniga birovning vaqtini sarflaysiz va o’z-o’zidan bu qo’shimcha pulingizni yo’qolishiga olib keladi.
August 30, 2021, 16:08
0 views
0 reactions