Apple'ning kuzgi taqdimoti. 7-sentabr 2022.
So'nggi ikki yil ichida foydalanuvchilar va texnologiya blogerlari Apple'dan butunlay yangi qurilma kutishyapti: AR ko'zoynak (augmented reality - kengaytirilgan/to'ldirilgan reallik). Lekin 7-sentabrda bo'lib o'tgan taqdimotda bu haqida hech qanday yangilik bo'lmadi. Odatda, mobil qurilmalarga mo'ljallangan sentabr taqdimotida asosiy diqqat iPhone'ga qaratiladi.
Watch 8/SE/Ultra
Bozorda mavjud qurilma modellarini yangilashdan tashqari, sportchilar va yovvoyiroq tabiatga sayohat qiluvchilar uchun mo'ljallangan Ultra modelini taqdim qildi:
- titandan yasalgan yangi qobiq dizayni;
- asosiy tugmasi kattaroq va qo'shimcha moslashtiriladigan tugma mavjud;
- "oddiy" ukalariga nisbatan suvga, changga va notabiiy haroratga chidamliroq;
- 36 soatga yetadigan batareya (oddiy soatlarda 18 soat);
Bu soat to'g'ridan-to'g'ri Garmin soatlari bilan raqobat qiladi (The Verge nashri "Garmin keyingi Nokia?" degan maqola ham chiqargan). Lekin Garmin soatlarining quvvati haftalarga yetishi mumkin (xuddi eski smartfonlarniki kabi). Va Apple bu torroq sohaga endi kirib keldi va Ultra'ning keyingi versiyalari bundan-da boyroq bo'ladi.
Qo'shimcha ravishda soatlarning eski modellarini ham yangiladi - Apple Watch Series 8 vs Apple Watch SE:
- avariya yoki to'qnashishni aniqlash;
- uyquni chuqurroq tahlil qilish;
- Series 8 modeli tana haroratini ham o'lchaydi.
iPhone 14 /Plus/Pro/Pro Max
Va nihoyat, iPhone'ning oddiy va Pro modellari farqi kattalashyapti. Eski modellarda farq faqat ekran kattaligi va yaxshiroq kamera bilan ifodalanardi xolos. 14-versiyadan boshlab smartfonning peshonasida joylashgan qismi (notch, чёлка) alohida ajralalib "dinamik orolcha"ga aylandi (Dynamic Island). Qurilmaning bu o'ziga xosligidan Apple juda zo'r foydalangan: tizim interfeysidagi xabarlar va turli yangilanib turadigan elementlar shu orolchani to'ldiradi yoki ajralib chiqadi. Video buni zo'r tushuntiradi:
Apple hamma modellariga qo'shayotgan yana bir katta o'zgarish - sun'iy yo'ldosh orqali SMS xabarlarini yuborish. Mobil aloqa tarmoqlaridan foydalanish imkoniyati yo'q joylarda iPhone'ni sun'iy yo'ldoshga moslab cheklangan xabarlar yuborish va qabul qilish mumkin. Bu xizmat AQSh va Kanadada ishga tushadi va 2 yil ichida bepul bo'ladi.
Boshqa yangilanishlar odatdagidek:
- batareya ko'proq vaqtga yetadi;
- kamera yaxshiroq;
- soatlardagi kabi avariya va to'qnashishlarni aniqlaydi;
- videoni stabillashtirish kuchartirilgan;
- Pro modellarida:
Pro modelini hisobga olmasa, nisbatan evolyutsion o'zgarishlar. Shaxsan menga yangi model(lar) qiziqmas.
AirPods Pro
Buning yangi modelini o'tgan yilning so'nggidan boshlab kutayotgandim. Va asosiy yangilik yo'qotishsiz (lossless) musiqani simsiz tinglash imkoniyati bo'lishi ehtimoli edi. Afsuski, bu model ham AirPods Pro uchun revolyutsion emas. Juda foydali yangilik esa soatlar yoki yangi iPhone'lar uchun ishlatiladigan quvvat beruvchi qurilmalardan foydalansa bo'ladi.
To'liq taqdimotni (1,5 soat) YouTube'da ko'rish mumkin:
Va har doimgidek, The Verge nashridan qisqaroq (30 minut) video:
Umuman olganda, Apple so'nggi paytlarda taqdim qilayotgan yangi modellar yaxshi va o'zining chipi asosidagi kompyuterlari zo'r. Agar 2016-yilda chiqqan AirPods'ni batamom yangi qurilma sifatida qarasak, oxirgi 6 yilda Apple faqat bor qurilmalarni rivojlantiryapti xolos (bizning ko'zimiz bilan, albatta). Balki, keyingi yil metavers bozoriga Apple ham kirib boradi.
Apple'ning yozgi konferensiyasi haqidagi fikrlarim: WWDC22.