Bosma va yozma harflar
Yozuvning ikki xil shakli bor: yozma va bosma. Kompyuter va smartfonlardagi barcha harflar — bosma. Qoʻlda yoziladigan harflar esa — yozma. Yozma harflar bir-biriga bogʻlab yoziladi va koʻp holatlarda bosma harflardan farq qiladi. Ingliz tilida: cursive and block letters.
Hozirgi dunyoda asosiy muloqot elektron shaklda olib boriladi. Yozma yozuv esa hayotimizdan tobora chiqib ketyapti. Faqat qanaqadir byurokrat tashkilot va odamlar talab qiladigan ariza, tushunturish xatlari yoki qanaqadir formalarda qolgan. Yana ozroq odamlar oʻzi uchun yuritadigan kundalik va qaydlarda koʻrish mumkin.
Yozuvning asosiy maqsadi fikrni yetkazib berish, yaʼni, muloqot uchun. Muloqotni samarali qilish uchun esa matnni yozish va oʻqish tezligi yuqori boʻlishi lozim. Vikipediya aytishicha, yozma va bosma harflarni yozish tezligi bir xil.
Matnni oʻqishga kelganda esa, bosma harflar hammaga tushunarli; katta ehtimol bilan har xil odamlar ham turli harflarni oʻxshashroq yozadi. Bu oʻqish tezligini (UX) oshiradi, albatta.
Maktablarda ham, bosma harflarnigina oʻrgatish vaqti kelgandir, balki? XX asrning tajribalarini davom ettirishning hech foydasini koʻrmayapman, toʻgʻrisi.
AQSh esa faqat bosma harflarni ishlatishga allaqachon oʻtgan; rasmiy ilovalarda alohida koʻrsatiladi ham.
On official forms, one is often asked to "please print". This is because cursive handwriting is harder to read, and the glyphs are joined so they do not fit neatly into separate boxes.
Shaxsan oʻzim ancha oldin faqat bosma harflar bilan yozishga oʻtganman.