August 30, 2021

WWDC21

Apple har yili o’tkazadigan WWDC konferensiyasida chiqadigan videolarning ko’pi juda foydali. Ularni faqat iOS/macOS dasturchilarimas, boshqalar ham ko’rishi lozim, deb hisoblayman. Bu videolar texnologiyalar qaysi tomonga qarab rivojlanayotgani haqida yaxshi tushuncha beradi.

Bu yilgi konferensiyadan ko’rishga ulgurgan va foydali deb hisoblagan videolarim quyida:

  • Keynote — konferensiyaning asosiy ma'ruzasi. Apple ekotizimidagi hamma dasturiy ta’minotga (software) bog’liq o’zgarishlari.
  • Platforms State of the Union — muhimligi bo'yicha ikkinchi darajadagi ma'ruza. Bunisi ko'proq dasturchilar uchun va kutilayotgan o'zgarishlar, yangi uskunalar va hokazolar haqida chuqurroq ma'lumot beradi. iOS-dasturchilar uchun “must have”.
  • Discoverable design — ilovaning imkoniyatlari foydalanuvchilar tomonidan oson topilishi haqida yaxshi maslahatlar.
  • Design for Safari 15 — veb-dasturchilar uchun yangi Safari'da nimalar kutilayotgani, iOS 15'da ishlaydigan veb-ilova foydalanuvchilariga yaxshi tajriba (UX) berish haqida.
  • The practice of inclusive design — ilovalarni qurishda turli madaniyat va imkoniyat vakillarini hisobga olish haqida.
  • Create 3D models with Object Capture — mobil qurilma orqali olingan bir nechta fotodan obyektning uch o'lchovli modelini yasash.

Qolganlari saytida:

https://developer.apple.com/videos/wwdc2021/