👾 Eski umid (Старая надежда)
Baʼzida ommaviy madaniyat, umuman, sanʼat tomonidan yaratilgan reallikni (реальность, reality) atrofdagi reallik bilan bogʻlagim keladi. Boshqalarning turli tajribalari juda zoʻr effekt beradi va menga juda yoqadi:
Avvalroq “Dizayn haqida” kanali muallifi Javohir Nazarov bilan ikkita foto ustida ishlagadik. Birinchisi “Yulduzlar jangi” filmini Oʻzbekiston bilan bogʻlaydi, ikkinchisi “Lezviyada yuguruvchi” filmini.
Yulduzlar jangi (Star Wars)
Rey yashaydigan sayyora – Jakkuning atmosferasi ranglari bizdagiga rosa oʻxshaydi; ushbu kadrdagi sahna esa xuddi bizning bozorlarga. Shuning uchun, Rey, Finn va BB-8 endi Chorsuda:
Lezviyada yuguruvchi (Blade Runner)
Odam savdosidan ogoh boʻlish haqidagi ajoyib reklama bannerini koʻrganimdan beri uni biror joyga qoʻyishni oʻylab yurardim. “Lezviyada yuguruvchi” filmi esa mos tushadi: faqat unda replikantlarning erkinligi haqida. Lekin bu banner 2019-yilning Los-Anjeles shahrida butun binoni egallashga arziydi:
Zerikkanimda yana shunaqa fotolar tayyorlashim ehtimoli yoʻq emas.
25-noyabr 2018