September 24, 2022

Team Topologies

Yaqinda Team Topologies nomli kitobni tugatdim. Komandalar qurishda qatnashadigan professionallar uchun juda foydali (team lead, Director, CTO, PM va hokazo). Agar ishda komandalarning tashkiliy qismida savollar yoki noaniqliklar bo'lsa shu kitobni tavsiya qilaman. Quyida kitobdan olingan qisqacha fikrlarim.

Ishga komanda mas'ul bo'ladi. Imkoni boricha mahsulotning biror qismiga faqat bitta odam javobgar bo'lishidan qochish kerak: bilim shu odam bilan ketishi yoki bu odam "bottleneck"ka aylanishi mumkin.

Komandalar 4 xil turda bo'ladi:

  1. Stream-aligned team. Biznes, mijozlar yoki mahsulotga foyda yetkazishga fokus qiladigan komandalar. Yangi imkoniyatlar qurish (feature development), kamchiliklarni tuzatish, foydalanuvchi tajribasini oshirish va hokazo ishlar uchun. "Stream" sifatida ish oqimi (workflow) nazarda tutilyapti.
  2. Enabling team. Ko'p holatda vaqtincha tuziladigan, biror murakkabroq texnologiyani o'rganib chiqib boshqa komandalarda tatbiq qiladigan komanda.
  3. Complicated-subsystem team. Chuqur va o'ziga xos bilim talab qiladigan tizimga javobgar komanda.
  4. Platform team. Boshqa komandalarga xizmat qiladigan platformalarni yaratish va qo'llash uchun tuziladi.

Komandalar bir-biri bilan 3 xil usulda aloqa qilishadi:

  1. Collaboration. Ikkita komanda birgalikda ishlaydi. Ayniqsa, bu usul komandalar yangi tashkil qilinganda yoki yangi jarayon yoki kattaroq ish chiqarilayotganda zarur bo'ladi.
  2. X-as-a-Service. 1-usuldan keyinroq komandalar bir-biri bilan shu usulda, ya'ni, bir-biriga xizmat ko'rsatib muloqot qiladi. Masalan, Platform va Stream-aligned komandalar boshida biror tashabbus ustida birga ishlashadi va keyinroq Platform boshqa komandalarga xizmat ko'rsatish rejimiga o'tadi.
  3. Facilitating. Odatda, Enabling team boshqa komandalar bilan shu usulda ishlaydi: yangi texnologiya yoki tajribani komanda o'zlashtirib ketishiga yordam beradi.

Kitobda juda ko'p boshqa yaxshi amaliyotlarga ham to'xtalib o'tilgan: kichikroq va nisbatan erkin komandalar, turli funksiyani bajaradigan odamlar bir komandada ishlashi va hokazo. Tavsiya qilinadi.