Farhodjon Chinberdiyev blogi

Fikrlar. Interfeys, dizayn va texnologiyalar haqida yozaman.

Lebedev prinsipi

23-dekabrda vc.ru saytida Rambler’ning birinchi investori Sergey Vasilyev rambler.ru internet portalining rivojlanishi haqidagi yozgan hikoyalari to‘plami bitta maqola sifatida chiqdi: Как мы покупали русский интернет. Bu hikoyadagi ba’zi detallarni Artemiy Lebedev o‘zining blogida to‘ldirgan: Мемуары Васильева про Рамблер.

Dizaynga qiziquvchi va Lebedev studiyasi bilan tanishlar bilishadi: Lebedev qilgan interfeys dizaynlarida doim ularning logotipi turadi. Istisnolarsiz.

Lebedev blogida yozyapti:

И вот уже все готово, и новый логотип мы сделали, и новый сайт, все блестит и сияет. И тут звонит Васильев (или кто-то он него) и сообщает, что с сайта надо убрать логотип студии. А логотип студии всегда ставится на все сделанные нами проекты, и это отдельно оговаривается в контракте. Без нашей подписи ни один проект не выходит. Всех заказчиков отправляю всегда в любой музей — найдите хоть одну картину без подписи художника, это нонсенс.

Деньги заплачены. Контракт подписан. Васильев непреклонен — никакого логотипа. И я непреклонен — без логотипа не будет сайта.

В результате никто и никогда не увидел новой Рамблер-почты. И нового Топ-100. И новой морды Рамблера.

Lebedev qilingan ishni qurbon qilib, foydalanuvchilar yomon interfeys bilan yillab qolishini tushungan holda yagona prinsipidan voz kechmagan: san’at asarida rassomning imzosi turishi shart. Qoyil.

“Kovostvo”dan: § 176. Принципы

2015   dizayn   lebedev

“Головоломка”

IMDB: 8,3. Metacritic: 93. Кинопоиск: 8,55.

Birinchi treyler:

Keyingisi:

Pixar’ning so‘nggi multfilmlarida nimadir yo‘qolgandek tuyulayotgandi. “Тачки 2”, “Университет монстров” multfilmlari xuddi avvalgi muvaffaqiyatning orqasidan quvib ishlangandek taassurot qoldirayotgandi. Ikkala multfilmning ham birinchisi ajoyib, keyingilari g‘alati.

Lekin “Головоломка” — ajoyib! Pixar yana o‘zining repertuarida. Oilangiz bilan kinoteatrda tomosha qilinglar.

2015   filmlar

Sergey Korol: Yaponiya

Sergey Korol Yaponiyaga sayohat qilibdi. Birinchi qismida Tokio va Kioto haqida hikoya qilgan:

Япония

Detallari bilan juda ajoyib yozilgan.

Ba’zi sitatalar:

Tokiodan olinadigan birinchi tassurot — shahar Helsinskiga o‘xshaydi.

Tokio va Kioto ko‘chalari juda toza.

Yaponiyada, xususan, Tokioda velosipedlarni yaxshi ko‘rishadi.

Yaponlar bolalarni juda yaxshi ko‘rishadi. Balki, barcha yaponlar biroz bola bo‘lganligi uchun.

Metroda ayollar uchun alohida vagon bor.

Sohilda yapon juftligining uchrashuvini ko‘rdik. Ularning orasida ikkalasining ham ota-onasi sig‘adigan joy bor (ishonchim komil, ota-onalar u yerda o‘tirishibdi, faqat axloqan).

2015   sayohat

OS X Photos

OS X uchun yangi — Photos appini Apple zo‘r taqdimot qilibdi:

https://www.apple.com/osx/photos-preview/

iOS applari OS X’ga migratsiyasining davomi. iOS Photos bilan ancha o‘xshash.

Marko Arment yozganidek:

iPhoto’dan ko‘ra mukammalroq tahrirlash imkoniyati, lekin Aperture’dan soddaroq va Lightroom’ga nisbatan iOS bilan yaxshi integratsiyaga ega.

Menga interfeysi juda yoqdi.

2015   Apple   interfeys

Tirnoq yoki “Okina”

Hamza Foziljonov Telegramdagi guruhda yozyapti:

akalar, mana bu skrinshotga qaranglar
Nima uchun yuqoridagi va mening kommentimdagi teskari bir tirnoq (‘) har xil?

Facebook’dagi muhokama: https://www.facebook.com/groups/438868872860349/permalink/754870214593545/?comment_id=755234667890433&offset=0&total_comments=39

Shu paytgacha biz (men, Hamza va h.k. bilganlarim) ishlatib yurganimiz — U+2018: LEFT SINGLE QUOTATION MARK (ingliz tipografikasida qo‘shtirnoq ichida matnni ajratadigan bir tirnoq) — o‘ va g‘ harflaridagi “teskari vergul” uchun xato ekan. Yuqoridagi skrinshotda Husinboy Bekchanov yozgan matndagi tirnoq bilan Hamzaning yozganida vizual farq bor. Husinboy ishlatayotgan belgi — U+02BB: MODIFIER LETTER TURNED COMMA, boshqacha nomi “ʻOkina”. Akmal Xushvaqov, o‘zbekcha Vikipediya ham shu belgidan foydalangan.

Husinboy Facebook’dagi muhokamada to‘g‘ri yozyapti:

Tinish belgi soʻzni ikkiga boʻlib yuboradi. Okina esa, yaxlit soʻzni tashkil qiladi

“Okina” haqidagi maqolada aynan yozilgan ham:

The same character is used in Latin transliterations of the Hebrew letter ʻáyin and the Arabic letter ʻayn, as well as in Uzbek to write the letters Oʻ (Cyrillic Ў) and Gʻ (Cyrillic Ғ).

Shriftlarda “Okina” bir tirnoqqa nisbatan kamroq qo‘llab-quvvatlanadi, adashmasam. Ko‘p shriftlar ikkala belgini bir xil chizadi. Faqat ba’zi shriftlarda ajratilibroq chiziladi, shundan Hamza sezib qolgan.

Endi buyog‘iga:

‘ → ʻ

Tabriklayman, oʻzbek tilida yozadiganlar uchun yana bitta katta muvaffaqiyat bu!

Ma’lumot uchun: OʻzA chap tirnoqni ishlatyapti, “Okina”ni emas.

Xushnudbekning “Tilga e’tibor — elga e’tibor” loyihasida yaxshi maqolalar yozilgan (uyam chap tirnoqni ishlatyapti):
http://xushnudbek.uz/til/

Shu o‘rniga “6” ishlatilsa zoʻr-ku, lekin harfini nima qilamiz?

2014   o‘zbek tili   savod
2014   yangichek

Yangichek — Mover.uz’dan video yuklash

Tas-IX Checker endi yolg‘iz emas. Anchadan beri qo‘l urmoqchi bo‘lgan ishimga kecha (bugun?) tunda ulgurdim. Bitta kofe, ko‘k choy va harakat.

Xullas, juda ko‘p videohostinglar video faylni yuklab olish uchun imkoniyat bermaydi. Bilganim — Vimeo; u yerda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yuklab olish mumkin fayllarni. YouTube, Vimeo, VK va h.k.lardan videolarni yuklab olish uchun manavi kengaytma bor: SaveFrom.net helper. Shu kengaytma o‘rnatilgandan keyin YouTube’ning video sahifasida yoki shunchaki “embed” qilingan joylarda qo‘shimcha tugma paydo bo‘ladi:

Bizdagi eng ommaviy videohosting — Mover’da ham yuklab olishning oson imkoniyati yo‘q. Demak, tuzatamiz bu holatni.

Endi “Yangichek” kengaytmasi orqali Mover.uz saytidan videolarni bitta klik bilan yuklab olish mumkin. Kengaytma o‘rnatilgandan so‘ng, har bir video sahifasida yangi tugma paydo bo‘ladi:

Shu bosilganda kengaytma videoning eng sifatli variantini yuklashga qo‘yadi. Hozir faqat Mover.uz va Chrome brauzeri uchun. Operaga ham chiqdi.

Yangichek 0.0.2

Boshqa videohostinglarni vaqt bo‘lganida qo‘shib boraman.

Qiziquvchilarga kodi ochiq: https://github.com/farhodjon/yangichek

2014   yangichek

Android va Go

Sun kompaniyasini Oracle sotib olganda biroz achingandim: Java’ga bog‘liq litsenziyalarni Google sotib olishi kerak edi, Google Java’ni Oracle’ga nisbatan yaxshiroq rivojlantirardi IMHO. Java sabab bo‘lib sudlashishdi ham. Hozir Android mobil operatsion tizimlar ichida eng ommabopligini hisobga olsak, ham Google uchun, ham Android developerlar uchun ancha foydali bo‘lardi.

Java’da yoziladigan applar Dalvik virtual mashinasi orqali ishlaydi, shuning uchun, Objective C’da yozilib, nativ binar bajariluvchi kodga kompilyatsiya¹ qilinadigan applarga nisbatan sekin ishlaydi. Buning yechimi sifatida Google tomonidan Native Development Kit (NDK) taqdim qilingan; C/C++ yordamida kod yoziladi. NDK’ni moslash, unda kod yozish noqulayroq, bilishimcha.
Google yaqinda ishlab chiqqan yaxshi, quyiroq darajali, normal kompilyatsiya bo‘ladigan til — Go mavjud. Obro‘si ham oshib boryapti (Hacker News’da Go bilan bog‘liq postlar ko‘pincha yuqori reytingda turadi), interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan (PHP, Ruby, Python, JavaScript/Node.js) loyihalarni optimallashtirishda Go dasturlash tili tanlaniladi.

Meni qiynardi shu savol: nega Google o‘zining (!) tili bo‘lgan Go’dan foydalanib Android’ga app yozish imkoniyatini bermaydi? Applar tezroq ishlardi, odamlar Android NDK bilan boshini og‘ritib yurmasdi (kamida dasturlash tillari orasida “sakrab”).

Va BUM! Bugun Hacker News’da chiqdi:

Go support for Android

Hozircha, NDK API bilan mos bo‘larkan va o‘yinlar uchun mo‘ljallangan (ular ko‘p resurs talab qiladi). Keyinchalik, Go orqali to‘laqonli applar yozish imkoniyati qo‘shilsa yaxshi.

Go hozir modada. Habrdagi mos habda qiziq misollar, tajribalar keltirilgan. Ming marta skeptik yondoshganda ham sal o‘ylantirib qo‘yadigan maqolalar: How We Went from 30 Servers to 2: Go, Go After 2 Years in Production.

Programmistga har yili kamida bitta qo‘shimcha dasturlash tilini o‘rganish tavsiya qilinadi:

Learn at least one new language every year. Different languages solve the same problems in different ways. By learning several different approaches, you can help broaden your thinking and avoid getting stuck in a rut. Additionally, learning many languages is far easier now, thanks to the wealth of freely available software on the Internet.
http://programmers.stackexchange.com/a/136140

Ha, aytgandek, bu yoqda yana bitta favorit bor — Rust!

¹ — bu so‘zlar endi tarjima qilinadi, kutib turinglar... [trollface]

2014   Android   developerlar   Google

Fikrlar va havolalar #9

Avvalgilari: http://farhodjon.uz/blog/?go=tags/havolalar/

Туркмения

Artemiy Lebedev 10 yil deganda Turkmanistonga kirish uchun viza olibdi. Shunchaki qo‘shni davlat bo‘lishiga qaramasdan, Turkmaniston haqida xabarlar kam, 1-2 chiqib qoladiganlariga ishongisi kelmaydi odamning. Xullas, Lebedev qisqacha fikrlari va fotolari bilan o‘rtoqlashgan. Tilladan yasalgan Turkmanboshi haykallari, konditsionerli avtobus bekati, tunda chiziqlari yoritiladigan yo‘l va h.k.

Удивительный пример безрассудства и усидчивости. Обложка для нового альбома L-Tune

Erinmagan odamlar albom muqovasi uchun rasm tayyorlash uchun katta mehnat qilishgan. Photoshop/3dsmax emas, o‘zlariga kerakli narsalarni topib/yasab, ishlov berib rasmga olishgan. O‘rnak olishga arziydi.

Трамвайные истории

Ilya Varlamov qatnashadigan Shahar loyihalaridan biri. Shahar uchun tramvayning muhimligi, skeptiklarning savollariga javoblar keltirilgan. Shaharlarimizning hokimliklarida ishlaydigan biror xodim shunaqa loyihalar bilan qiziqib qolsa ajabmas.
P.S.: Muhrim buni ma’qullashi tabiiy:

Абдулла Қаҳҳордан 1953 йил саломи

Men izoh bildirolmayman bu maqolaga. Kirib o‘qishingiz yetarli.

Идеальная улица

Yana Varlamov. Ideal ko‘cha haqida yozyapti. Misol sifatida Parijdagi Lefebvr ko‘chasi keltirilgan. A.Qodiriy ko‘chasidagi daraxtlarni kesib (albatta, archalar qoldirilyapti bunda — ular odamlarga zarar (soya) yetkazmas ekan), ko‘prik qurayotganlarga bag‘ishlanadi (Kun: Шайхонтоҳур туманида кўприкли янги чорраҳа қурилади).

2014   havolalar

speedtest.net

O‘zbekiston ichidan turib internet tezligini speedtest.net saytidan tekshirayotganda bitta faktorga e’tibor bering: sayt faqat O‘zbekiston ichidagi (Tas-IX) tezligini hisoblaydi. Ko‘pchilik bu tezlikni “tashqariga” kabi hisoblab adashadi.

Tezlikni o‘lchaymiz:

1,23 Mb/sekund ko‘rsatilyapti. Bizda “tashqariga” tezlik 512 Kb/s. Shu noaniqlik bilan to‘qnashganlar yuqoridagi skrinshotning quyi o‘ng burchagiga e’tibor berishlari kerak. Serverni Ucell Toshkentda taqdim qilyapti (shunaqa imkoniyat beradi speedtest.net: http://www.speedtest.net/host.php). Menimcha, O‘zbekistondagi hamma foydalanuvchilar shu server orqali tezlikni o‘lchaydi. Server Toshkentda joylashgani uchun tezlik “tashqariniki”mas, “ichkariniki”. Tas-IX. Haqiqiy tezlikni bilish uchun “New Server” tugmasi orqali boshqa davlatdagi server tanlanishi yetarli.

Ucell uchun o‘ziga server qo‘yish juda muhim bo‘lgan ko‘rinadi. Operatorning tashqariga kanalining tezligi qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar, abonentlari speedtest.net bilan tezliklarini o‘lchashsa ajoyib natijani ko‘rishadi. Tasanno!

2014   O‘zNet   Ucell
Ctrl + ↓ Ранее