100 000 soʻmlik banknot

Markaziy bank 100 000 soʻmlik banknotlar chiqarishini eʼlon qildi. Quyida banknotning dizayni va elementlari tushuntirilgan rasm keltirilyapti:
Old qismi
Ort qismi

Fikrlarim:

  1. Tipografikaning eng asosiy qoidalaridan biri — sonlarning formatini toʻgʻri tanlash. Bunga telefon raqamlari, valyuta, vaqt kabilar kiradi. Banknotda “100000” soni “100 000” sifatida yozilishi (“100” dan keyin probel qoʻyilishi) uni 10 000 soʻmlik banknotdan farqlashni osonlashtiradi: qanaqadir ketma-ket turgan nollarmas, “yuz” (100), “oʻn” (10) kabi assosiatsiyalar paydo boʻladi. Bu 5, 10, 50 ming soʻmlik banknotlarga ham tegishli.
  2. Arial shriftini banknotlarda ishlatmagan maʼqul — banknotning qiymatini pasaytiradi. Xuddi Markaziy bank juda arzon dizayner yollagandek. Aslida, banknotlarga sanʼat asaridek eʼtibor berilishi arziydi: ularni millionlab odamlar ishlatadi.
  3. “Bir yuz ming soʻm” emas, “Yuz ming soʻm” deb yozish yetarli. 100 soʻmlik ham “yuz soʻm” sifatida chiqarilgan. Lekin 1000 soʻmlik “bir ming soʻm” sifatida chiqarilgan ekan.
  4. 5 soʻmlikdan boshlab barcha chiqarilgan banknotlarning old tomonining oʻngida vertikal oq boʻshliq bor. Yangi banknot bu dizaynni takrorlamagan. Pulning umumiy elementlari boʻlishi ularni toʻgʻri taxlashga yordam beradi. Baʼzi odamlar uchun bu muhim.

Menga Norvegiyaning yangi banknotlari dizayni yoqadi.
Norvegiya banknotlari

Eski banknotlarni eslamoqchi boʻlganlar bu yerga: Узбекский сум. Aytgandek, soʻm-kuponlar paytidagi “10 000” uchun juda chiroyli tryuk ishlatilgan ekan: minglikdagi nollar ustma-ust qoʻyilgan!
10 000 soʻmlik soʻm-kupon

Boʻlishing:

Telegram