Internetda chegirmalar

Imkoni boricha, har xil magazinlardagi mahsulotlarni ularning koʻrsatilgan narxidan kamroqqa sotib olishga harakat qilaman. Internet magazinlari va servislari ham bundan mustasno emas.

Masalan, AQShga borganimda Jimmy John's, Papa John's Pizza yoki Postmates kabi joylardan onlayn buyurtma berishda Google orqali bir tekshirvolaman: “papa johns promo code” kabi. Shu orqali oʻzining saytida koʻrsatilmagan chegirmalarni ham topish mumkin:

retailmenot.com

Yaqinda Displate saytidan Geraltning metal posterini sotib oldim (The Witcher 3 videooʻyinining qahramoni). “displate discount code” qidiruvi orqali topilgan kodni ishlatib shu posterni sotib olish uchun 9 dollar kam toʻladim.

Keyinroq qarasam, aynan shunaqa holatlarda foydalansa boʻladigan brauzer uchun tayyor kengaytma bor ekan: Honey. Biror saytga tashrif buyurilganda kengaytma avtomatik ravishda promo kod va chegirmalarni taklif qiladi. Qulay. Yaqinda shu kompaniyani Paypal 4 milliard (!) AQSh dollariga sotib oldi. Bunchalik qimmat servis, deb oʻylamagandim.

Geralt esa devorimdan joy oldi:

Geralt

Telegram