Drimsim — barcha davlatlar uchun yagona sim-karta

Sayohatda doimiy sifatli mobil aloqa boʻlishi juda muhim. Rouming — qimmat, baʼzida aeroportdan sotib olinadigan sim-kartalar ham noqulay: turistlar uchun qoʻshimcha chiqimlar boʻlishi mumkin.

Men arzonroq va sifatli mobil aloqa bilan sayohat qilish uchun Drimsim ishlataman. Masalan, 2018-yilda Yevropaga qilgan sayohatim davomida 7 ta davlatda 12 yevro sarflaganman xolos. Bunda bemalolroq Telegram/Instagramʼdan foydalanib.

Ishlash prinsipi quyidagicha:

  1. Sim-kartani buyurtma qilasiz.
  2. Drimsim sim-kartani sizga yetkazib beradi.
  3. Sayohatga chiqishda sim-kartani va mobil ilovasini telefonga oʻrnatasiz.
  4. Har bir davlatga kirganingizda Drimsim qisqacha maʼlumot va narxlar bilan SMS yuboradi;
  5. Mobil ilovasida hisobdagi balans, yana shu balans necha minut suhbat va internet aloqasiga yetishi koʻrsatiladi.

Bu davlatga kirganingizda oladigan SMS:
SMS

Mobil ilovasi koʻrinishi. Shu yerning oʻzidan hisobni toʻldirish mumkin.
Ilova

Quyidagi havola orqali sim-kartani buyurtma qilganingizda hisobingizga 7 yevro olasiz (men ham):

https://drimsim.app.link/sd2IS6J1FV

Boʻlishing:

Telegram