Moskva metrosi koʻrsatkichlari sotuvda

Artemiy Lebedev va Meduza yozishicha, Moskva metrosi eski koʻrsatkichlarini sotuvga qoʻygan va muvaffaqiyat bilan sotyapti. Narxlari 1500 dan 10 000 rublgacha (180 000‑1 200 000 soʻm). Bu yerdan sotib olinadi: http://www.mosmetro.ru/box/

Moskva metrosi koʻrsatkichi
Yuqoridagi koʻrsatkich 7500 rubl turarkan (901 000 soʻm).

Toshkent metrosi ham shu tajribani qoʻllashi tarafdoriman. Dizayni qanaqa boʻlishidan qatʼi nazar, metro tarixining bir qismiga ega boʻlish uchun nechadir yuz ming soʻm sarflaydigan odamlar topiladi. Hatto, “Ogoh boʻling” kabi ogohlantirishlarni sotib olish ham qiziq.

Umuman olganda, Toshkent metrosi eng kamida qilishi lozim boʻlgan ish — muzey ochish. Shu kabi hamma belgilarni, koʻrsatkichlarni, vagonlarni, tarixiy fotolar, metro sxemalari bilan tanishish orqali qiziqarli vaqt oʻtkazish mumkin. Nyu-York shahri transport muzeyidan oʻrnak olsak boʻladi. Magazinida kitob-daftarlardan tortib idish-tovoqlargacha sotiladi.

P.S.: Moskva metrosining yangi koʻrsatkichlari Moskvadagi transport navigatsiyasi yagona sistemasining bir qismi hisoblanadi.
P.P.S.: Artemiy Lebedev Studiyasi Moskva shahri uchun yetarlicha ish qilgan. Tanishib chiqish foydali: https://www.artlebedev.ru/city/moscow/

Boʻlishing:

Telegram