Sardoba suv ombori fojeasi

Sardobadagi ofat va fojea haqida yetarlicha yozildi. Quyida mening oʻzim oʻqigan va meni shu mavzu boʻyicha fikrlarimni boʻlishishga undagan xabarlar.

Bu yerda bir qancha fikrlarimni bildirishim mumkin edi, lekin ular ortiqchaligini tushundim. Lekin masalaga boshqa tomondan yozdashsam…

Yaqinda bir doʻstim bilan shu fojeani muhokama qilish davomida Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektrostansiyasi yodimizga tushdi. Tasavvur qiling, bizdagi joriy korrupsiya, oʻgʻirlik, tanish-bilishchilik, ochkoʻzlik, loqaydlik bilan biz odamzodning eng xavfli texnologiyalaridan biri — atom energiyasi bilan bogʻliq texnologiyaga qoʻl urishimiz qanchalik xavfli. Bu haqida oʻtgan yili Farhod Fayzullayev toʻliqroq yozgandi:

Битта оддий уйни ёлғондан берадиган мутасаддилар бор жойда атом реактори қуриб бўладими? Эртага, Худо кўрсатмасин, портлаб кетса, ЎзТВ яна чиройли далаларни кўрсатиб, «реактор, қанақа реактор, ҳеч нарса бўлгани йўқ» деб ўтиради.

Mana, hozir shunaqa bir fojeaning guvohi boʻldik. Agar atom elektrostansiyasi ham “Mustaqillikkacha bitarkan”, “Prezident kelib koʻrarkan”, “nechtasi hovli qurib inomarka oldi” kabi iboralarni qoʻllay oladigan qilib qurilsa natija qanaqa boʻlishi meni qoʻrqitadi juda. Chernobildagidek falokatni yuzlab yillar davomida ham tuzatib boʻlmaydi. Biz butun regionni zaharlab, odam yashab boʻlmaydigan hududga aylantirishimiz mumkin.

Xullas, eʼtiborni nisbatan xavfsiz va tavakkali kam boʻlgan energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga qaraganimiz yaxshi: quyosh va shamol. Suvni ham qoʻshmoqchiydim, lekin endi ikkilanib qoldim.

Men shu Sardoba fojeasining sabablarini oʻrganish jarayoni toʻlaqonli ochiq boʻlishini juda xohlardim. Hukumat komissiyasidan fojeaga qisman boʻlsa ham javobgar boʻlishi ehtimoli bor odamlarni olib tashlash lozim: Abdugʻani Sanginov, qurilishda qatnashgan odamlar, balki hokimlar. Aks holda, bu surishtiruv toʻlaqonli adolatli boʻlishi shubha bilan qarayman: bu odamlarda xalq tomonidanmas, davlat tomonidan berilgan kuch va huquq mavjud, va bu chiqariladigan xulosalarga yaxshigina taʼsir qilishi mumkin.

Telegram