Smartfon uchun VPN: Cloudflare WARP

2019-yilning sentabrida Telegram kanalimda Cloudflare WARP ilovasi haqida yozgandim. Shu kunlarda muhtaram hukumatimiz yordami bilan Facebook yoki Instagram tarmoqlaridan foydalanish qiyinlashgani tufayli, internetga erkinroq ulanish usullarini topish yana muhimlashdi.

Xullas, Cloudflare kompaniyasining 1.1.1.1 deb nomlangan mobil ilovasi bor. Topish osonroq boʻlishi uchun quyida ilovaga toʻgʻri havolalar:

Ilova xuddi VPN kabi ishlaydi, lekin juda tez. Odatda, traffik VPN orqali oʻtganda kattaroq fayllar (video, rasm) yuklanishi sekinlashadi. Lekin bu ilova bilan bemalol Instagram ham, Facebook ham ishlayapti. Ilova tekin. Agar koʻproq tezlik uchun oyiga 4,99 AQSh dollari toʻlab obuna boʻlish mumkin. Oyiga taxminan 51 000 soʻm toʻlab barqaror internetga ega boʻlishning hech salbiy tarafi yoʻq.

Yana bir yaxshi xabar: Cloudflare kompaniyasi ushbu ilovaning macOS va Windows uchun dasturlarini chiqarish ustida ishlayapti hozir. https://one.one.one.one/ saytiga kirib navbatga turish mumkin. Beta versiyasi tayyor boʻlganda yuborishadi.

Rahmat aytish shartmas. Lekin saylovda ovoz bergan deputatlaringizga shu muammoni yetkazish foydaliroq boʻlishi mumkin. Bu oʻzboshimchalikni oʻzgartirishga ularning ham kuchi yetarmikan?..

Telegram