Telegramda chatlar arxivi

Telegramning may oyida chiqqan katta imkoniyatlaridan biri — Chatlar arxivi (yoki arxivlangan chatlar). Eʼlon qilingan kundan boshlab bu imkoniyat menga juda asqotdi: barcha kanallar, botlar, guruhlar shu arxiv ichida va haqiqiysiga mening eʼtiborim lozim boʻlgan muhokamalargina chatlar roʻyxatida koʻrinib turadi.

Ixtiyoriy chat/guruh/kanal/bot arxivlanganda Telegramning chatlar roʻyxatida turadigan maxsus “Arxivlangan chatlar” papkasiga tushadi. Arxivlangan chatlar ortiqcha eʼtiborni tortmasdan shu papkaning ichida “yashaydi” va shaxsiy muhokamalar bilan aralashmaydi. Bundan tashqari, bu papkani (arxivlangan chatlar) yashirib qoʻyish ham mumkin — bu esa har xil kanallardan keladigan “juda muhim” xabarlarni vaqtincha unutish va muhimroq narsalarga eʼtibor qaratishga imkoniyat beradi.

Bu imkoniyat Telegramni ham ish, ham shaxsiy muloqot uchun ishlatadiganlarga rosa asqotadi: navbati bilan chatlarni arxivlab, hozir muhim boʻlgan mavzuga fokus qilish mumkin.

Boʻlishing:

Telegram