UzAirPlus ✈️

Oʻzbekiston havo yoʻllari koʻp uchadigan yoʻlovchilar uchun UzAirPlus dasturini beradi. Bunda sizga unikal raqam beriladi va har safar havo yoʻllari xizmatidan foydalanganingizda bonuslar yigʻiladi. Xuddi Aeroflotʼning Aeroflot Bonus yoki Turkish Airlines kompaniyasining Miles and Smiles dasturlari kabi.

Avvallari tanishlarim Havo yoʻllarining bonus dasturiga yozilish uchun ularning ofisiga tashrif buyurish lozimligini aytishgandi, lekin hozir hammasi onlayn: uzairways.com/uz/uzairplus

Toʻplangan millarni chipta klassini oshirish yoki chipta xarid qilish uchun ishlatish mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish bu yerda: uzairways.com/uz/uzairplus/register-online

Boʻlishing:

Telegram