AT sohasidagi maoshlar. 2020-yil fevral.

Fevral oyining boshida AT sohasidagi mutaxassislarning maoshlari boʻyicha soʻrovnomani eʼlon qilgandim. Afsuski, 22-fevralda tugagan bu soʻrovnomaning natijalarini yaxshilab koʻrib chiqib, ularni koʻrsatadigan darajaga olib bormasimdan men bilan kichik bir baxtsiz hodisa yuz berdi va hamma ishni 2-3 haftaga toʻxtatishga majbur boʻldim. Sogʻligʻim bu ishga diqqat qilishga imkoniyat berishi bilan ishni qayta boshlab kuni kecha tugatdim.

Natija ikki qismdan iborat va ikkalasi ham devof.uz saytida mavjud.

Maoshlar boʻyicha hisobot

Ishtirokchilarning javoblari asosida turli statistik maʼlumotlar hisobotdan oʻrin olgan. Qaysi faktorlar nimalarga taʼsir koʻrsatayotgani shu statistikada koʻrinadi. Hozircha, faqat oʻzimga qiziq tuyulgan maʼlumotlar ustida ishlangan.

Soʻrovnoma natijalari. 2020-yil fevral.

Maoshlar vidjeti

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha moshlarni turli daraja, bilim, tajribasi boʻyicha koʻrsatib beradigan interaktiv vidjet ham mavjud. Masalan, “Junior QA Engineer” uchun oʻrtacha oylikni shu vidjetdan koʻrsa boʻladi. Yana texnologiyalar boʻyicha ham filtrlash mumkin.

Maoshlar vidjeti

Birinchi safar maʼlutmotlarni qayta ishlash qiyinroq boʻldi va baʼzi savollar notogʻriroq berilgani soʻrovnoma tugagandan keyin aniqlandi. Shuning uchun, keyingi soʻrovnomalarda jarayonni iloji boricha maksimal avtomatlashtirishga harakat qilamiz.

Talab va takliflar → [email protected]

Telegram