Fikrlarim va tajribam bilan boʻlishaman. Hamma xulosalar faqat kaminaniki.

Podkastlar 📣

Men podkast eshitaman. Men koʻp podkast eshitaman. Audiokitoblarni eshitmayotgan vaqtlarda eshitadiganim — podkastlar. Ular menga turli yangiliklarni har xil saytlardan oʻqimasdan umumiy maʼlumot olish va muhokamasini eshitish, qiziq intervyular bilan joriy ishimdan chalgʻimasdan tanishish imkoniyatini beradi.

Oʻzbekistonda AT sohasidagi mutaxassislar maoshlari

Bir necha yildan beri axborot texnologiyalari (AT yoki IT) sohasidagi odamlar bilan ishlab kelaman. Oʻzbekistonning AT bozorida bir qancha yechilmagan muammolar, kamchilik va qiyinchiliklar mavjud. Bulardan biri — mutaxassislarning maoshlari biror standart asosidamasligi. Faqat mutaxassis yollash bilan shugʻullanadigan kompaniyalarda qanaqadir ichki maʼlumotlar bor va ular har doim ham ishonchli va yetarli emas.

Millat ahamiyati

Anchadan beri boʻlishish haqida oʻylab yurgan narsalarimdan biri bu hozirgi zamonda millatning ahamiyati. Adashmasam, haligacha televizor orqali (men televizor koʻrmayman iloji boricha) “oʻzbeklarga u narsa xos, bu narsa xosmas” kabi mavzular muhokama qilib turiladi. Va bunaqa mavzularda gaplashishda har doim hisobga olinishi lozim boʻlgan narsalar bor.

Qoʻrquv va innovatsiyalar

Nisbatan yaqqol boʻlgan fikrni keltiraman: qoʻrquv innovatsiyalarga juda xalaqit beradigan xislat. Qoʻrqadigan odam xato qilishdan juda qoʻrqadi; bu juda katta kuch va jasorat talab qiladigan innovatsiyalarni bugʻadi. Va bu yerda juda qiziq dilemma paydo boʻlyapti: xato qilishdan qoʻrqib xato qilmayotgan odam xato qilyapti.

Yandex.Xaritalar tahrirlovchisi (xalq xaritasi)

Yandex.Xaritalar servisi Oʻzbekistonda (ayniqsa, Toshkentda) juda yaxshi ishlayotganiga qaramay, unda kamchiliklar koʻp. Ayniqsa, mavzelar ichida va shaharlardan tashqariga chiqqanda. Bu kamchiliklardan nolib Yandex tuzatishini kutib oʻtirish ham notoʻgʻri. Xaritadagi kamchiliklarni tuzatish uchun Yandexʼning alohida servisi mavjud: Xalq xaritasi (ruschada Народная карта).

Internetda chegirmalar

Imkoni boricha, har xil magazinlardagi mahsulotlarni ularning koʻrsatilgan narxidan kamroqqa sotib olishga harakat qilaman. Internet magazinlari va servislari ham bundan mustasno emas.

Airpods Pro

Shu yil mayda AirPods haqida yozgandim. Keyinroq Telegram kanalimda Sony WF-1000M3 haqidagi postimda AirPodsʼning menga eng nomaqbul tomonini keltirgandim:

Erkalash shakllari

Ismlarga qoʻshiladigan erkalash shakllari odamning rasmiy ismida boʻlmasligi lozim, deb hisoblayman. Erkalash shakllari bir nechta: -jon, -xon, -oy, -bek, -xoʻja, -boy va hokazo. Koʻpini vaziyatga qarab bitta ism uchun qoʻllasa boʻladi.

Bayramlarda dam olish

Koʻp davlatlarning bayramlari hozirgi zamonga moʻljallanmagan. Yilning kalendar sanasini bayram va dam olish kuni sifatida eʼlon qilish har doim ham odamlar uchun qulay emas. Kalendar sanasi baʼzi yillarda shundoq ham dam olish kunlariga yoki haftaning noqulay ish kuniga toʻgʻri kelishi mumkin.