Fikrlarim va tajribam bilan boʻlishaman. Hamma xulosalar faqat kaminaniki.

Lutfiy saylgohi

Orada Toshkent shahridagi eng ajoyib yechimlardan birini oʻtkaz yuboribman (miz). Adolatni tiklash vaqti keldi.

Qanday kitob oʻqiyman? 📖

Yoshligimda koʻp badiiy kitob oʻqirdim. Afsuski, hech boʻlmasa rus tilini bilmaslik va maktab kutubxonasidagi kitoblar soni kamroq boʻlgani uchun oʻzim xohlagancha kitob oʻqishga imkoniyat boʻlmagan. Lekin oddiy qishloq bolasi uchun oʻzi hayoti davomida ololmaydigan taassurotni kitoblar bera olgan.

Til va mamlakat

Saytlarda va interfeyslarda koʻp uchrab turadigan xatolardan biri — tilni tanlash uchun davlat bayroqlarini ishlatish. Masalan, Orient Finans Bank sayti tilni tanlash uchun uchta variant taklif qilyapti:

Lego

Lego — ajoyib ixtiro. Bolalarga (kattalarga ham) tayyor, shundoq qutisidan ochib oʻynab ketadiganmas, qurishni, yasashni oʻrgatadigan bloklar berishadi.

Toshkent haqida ikkita fikr

May-iyun oylarida asosan Amerikada yashaydigan ikkita hamkasbimiz (Apurva va Mayk) Toshkentda biz bilan ishladi. Yaqinda ulardan Toshkent haqida qisqa fikrlarini soʻradim. Quyida ikkalasining ham javobini keltiraman.

Shaharda mevali daraxtlar

Shaharda, ayniqsa, tratuarlar chetida va koʻp qavatli uylarning hovlilarida mevali daraxtlar yetishtirilishi notoʻgʻri, deb hisoblayman. Masalan, Toshkentning koʻp hududlarida oʻrik, olma, tut kabi daraxtlarni tratuarlar chetida, uylar yonida, mavzedagi umumiy hovlilar ichida uchratish mumkin. Lekin:

Boʻsh inboks

Pochtadagi xatlarni toʻgʻri boshqarish men uchun eng muhim jarayonlardan biri. Hozir qayerdanligini eslolmayman, lekin yillar oldin pochtani boshqarish uchun menga eng maʼqul yechimga oʻrganganman: boʻsh inboks. Qisqacha maʼnosi quyidagicha: pochtada yagona inboks (inbox) boʻladi va undagi xatlar soni nolga intiladi. Inboks — hamma yangi xatlar tushadigan quti yoki papka. Deyarli hamma email servislarida bunaqa maxsus interfeys mavjud.

Elektron pochta ✉️

Yozma muloqot yaxshi. U ogʻzaki muloqotdan farqli ravishda saqlanib qoladi, unga yillar davomida qaytish mumkin. U fikrni yaxshiroq yetkazib berishga oʻrgatadi: ogʻzaki muloqotda odam oʻzini qanaqa tutishi, mimikasi, nafas olishi va hokazolar suhbatga taʼsir qilishi mumkin, lekin yozma muloqotda juda aniqlik bilan toza fikrlash lozim. Stiven Sinofski yozganidek:

Madaniyat+1: kinoteatrda telefon

Kinoteatrda biror kino seansi ketayotganda telefonidan foydalanadigan odamlarni seansdan haydab, qayta kinoteatrga kelishini taʼqiqlaging keladi. Shundoq ham kinoteatrlarda odamlar filmni maza qilib tomosha qilishi uchun deyarli hamma yorugʻlik manbalari oʻchiriladi. Oʻchirilmasdan qolishi lozim boʻlgan yagona yorugʻlik — “Chiqish” belgisi: bu ham yongʻin xavfsizligi uchun.

Mustaqillik va erkinlik

Davlat mustaqil yoki qaram boʻlishi mumkin. Lekin shu davlatda yashaydigan xalqning erkinligi davlatning mustaqilligiga bogʻliq emas. Tushunishga osondek gap, lekin har qanday tuzumdagi propaganda mustaqillik va erkinlikni bir-biriga yaqinlashtirishga yoki birdek koʻrsatishga harakat qiladi.