Fikrlarim va tajribam bilan boʻlishaman. Hamma xulosalar faqat kaminaniki.

Oʻzbektelekom shtat rejimida ishlamoqda

Yaqinda, Oʻzbekiston hududida Facebook ijtimoiy tarmogʻi bilan muammolar kuzatildi. Koʻp holatda ijtimoiy tarmoq ochilmadi, ochilgandayam juda sekin ishladi va hokazo. Lekin, sal tajribali foydalanuvchilar shunaqa holatda VPN orqali ixtiyoriy saytdan bemalol foydalana oladi.

👋 Salom, koinot!

Salom! Blogimni qayta yuritishga qaror qildim. Miyada va yozuvlarda ancha taassurotlar to‘plangan va ularni boshqalar bilan bo‘lishish vaqti keldi. Umid qilaman, ba’zi fikrlarim odamlarga foydali bo‘ladi.

Alifbo muammosi

Turkiston (Oʻrta Osiyo, xususan) — sobiq Sovet tuzumidan eng koʻp jabr koʻrgan regionlardan biri. Bir necha davlatlarga boʻlinishi va buning oqibatida hozirgi Oʻzbekiston dengizga chiqish uchun ikkita davlatni bosib oʻtishi kerak boʻlgan dunyodagi ikki davlatdan biriga aylangan; Stalin repressiyalari, Paxta ishi, alifbomizning ikki marta almashinuvi va hokazo.