Qoyali togʻlar. Birinchi qism: Grand Lake atrofi
Avvalgi hikoyamda aytganimdek, Denver shahrining gʻarbiy qismida AQShni deyarli ikkiga boʻluvchi togʻlar boshlanadi. Bu togʻlarning nomi — Qoyali togʻlar (Rocky Mountains). 80-55 million yil oldin paydo boʻlgan bu togʻlar oʻzining tabiati bilan juda koʻp odamni Koloradoga chorlaydi.