Shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekistonda saqlash
Ko’r-ko’rona nusxa olish har doim ham yaxshimas. Ayniqsa, kattaroq tizimning bir toiradagi qismini olib, boshqa holatlarga e’tibor bermasdan faqat shu qismni qiyshiq ko’chirsa.
Rossiyada 2006-yilda qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumot haqida” va keyinroq 2014-yildagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga aniqlik kiritadigan qonunlari bor. Bizning hukumat bu qonunlarni birlashtirib, “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqqan.
Endi shu qonun asosida “O‘zkomnazorat” ba’zi ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini cheklashni boshlabdi. Ba’zi narsalarni aniqlashtirmoqchiydim shu masalada.
- Bizning hukumat va xalq Rossiyanikidek ko’p va boy emas. Katta, boy davlatlar turli kompaniyalardan har xil narsa talab qilishi mumkin. Bunda kompaniyalar mijozlarni yo’qotmaslik uchun ko’nadi odatda. Bu qonun menga ko’zguda o’zini sher ko’rayotgan mushukni eslatyapti.
- Rossiyada axborot texnologiyalarining rivoji ancha yuqori. Katta ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun yetarlicha muhit bor. Bizda - yo’q.
- Bizda boshqa muammolar bor hal qilinishi lozim bo’lgan: oddiy dron uchishidan boshlab, Skype yoki FaceTime normal ishlamasligi, internet sifati kabilar. Ularga e’tibor berish xalqqa ko’proq foyda keltiradi.
- Saytlar bloklanishi uchun ochiq mexanizm qurilmadi. Tasodifan yoki pismiqlarcha qanaqadir saytlar bloklanadi va bu boshqa resurslargayam xalaqit beradi ba’zida.
- Davlat xodimlari yotvolib Telegram ishlatishadi, u yerda almashadigan ma’lumotlar davlat xavfsizligiga to’g’ridan-to’g’ri aloqador. Negadir unga hech qanaqa tazyiq yo’q (bo’lmasin ham).
- Ko’p holatlarda, bunaqa cheklovlar aslida hukumat xizmat qilishi lozim bo’lgan xalqqa ziyon keltiradi.
- Hukumat bu yerda saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qanaqa kafolat beradi, bilmayman. Hukumat xohlagan payt shu ma’lumotlarni ololsa, unda bu xavfli: ertaga ma’lumotlar tarqab ketishi yoki tanish-bilish orqali olinishi ehtimoli kuchayadi.
Shaxsan mening ma’lumotlarim Kaliforniya yoki Yevropaga o’xshagan, adolat to’laqonli ishlaydigan, odamlarda insof kuchliroq, boshqalarning tanlovi va maxfiyligi hurmat qilinadigan joyda saqlanishini xohlardim.