September 5

📹 Shanba videolari - 13

"Shanba videolari"ning 13-soni yetib keldi. Boshqa foydali va qiziq videolar bilan izohlarda bo'lishishni taklif qilaman.

Qanday Stardew Valley bir odam tomonidan qilingan?

Qanaqadir juda samimiy va sodda o'yin bor - Stardew Valley. O'yinning syujeti shahar hayotidan zerikkan odam bir kichik qishloqqa borib tinch hayot kechirishi atrofiga qurilgan. Steam sahifasidagi 417 ming taqriz asosidagi reytingi: haddan tashqari pozitiv.

Lekin o'yinning eng asosiy o'ziga xosligi o'yinning ichidamas - butun boshli o'yin yagona odam tomonidan yaratilganligi. O'yin dizayneri - Erik Baron o'qishni bitirganidan keyin ish topishda qiynalgan va portfolio uchun kichik bir o'yin qilishga qaror qiladi va hozirda o'yinning 10 milliondan ko'p nusxasi sotilgan. Quyidagi video o'yin yaratilishi haqida:

How Stardew Valley Was Made by Only One Person

Best Ever Food Review Show: O'zbekiston

Menimcha, Turizm qo'mitasi bir nechta mashhur ovqat blogerlari bilan hamkorlik qilib yaxshi ish qildi. Hatto O'zbekistonning o'zida yashab yurgan odamlar ham ancha narsa o'rganadi :) Men bilgan va ko'rganlarim:

Va Best Ever Food Review Show (to'g'ri, nomi uzun) 2022-yilda O'zbekistonga yana tashrif buyurib, sarguzashtlarini uzunroq video qilgan. Menga yoqqan tomoni - faqat osh, go'sht, somsalarmas, sumalak haqida ham lavha tayyorlangani: Navro'z ham bizning mintaqamizning o'ziga xos bayrami.

Central Asia Street Food!! Death by Meat in Uzbekistan!! (Full Documentary)

RealLifeLore kanali

Kanaldagi ilmiy-ommabop videolaridan tashqari aynan geosiyosat mavzusida qiladigan videolari yoqadi:

Chegaralar masalasida: deyarli hamma zamonaviy davlatlarning chegaralari so'nggi 200-300 yil ichida nisbatan kattaroq davlatlar tomonidan aniqlangan. Britaniya, Ispan, Sovet, Usmoniylar, Yapon va hokazo imperiyalarning parchalanishi davomida paydo bo'lgan davlatlar chegalariga shu imperiyalar siyosatining ta'siri katta. Xuddi hozirgi sobiq Sovet davlatlari chegalari kabi.

Siz bilmagan Istanbul

O'zbek tilidagi kontentga kam ko'zim tushadi, lekin Subyektiv kanali Istanbul haqida yaxshi video tayyorlagan:

Bu videodan keyin aniq Istanbulga borgingiz keladi! | SUBYEKTIV

Afsuski, Anton Ptushkin urushdan keyin rus tilida video tayyorlashni to'xtatdi. Lekin ingliz tilidagi kanalini rivojlantirishni boshladi yaqindan:

https://www.youtube.com/c/Antonsomewhere

Omon bo'ling! ✌️