No-code, low-code
So'nggi paytlarda yaxshigina ommaviylashgan va rivojlanib borayotgan mavzulardan biri β muammolarni kodsiz yoki kam kod orqali yechish. Odatdagi dasturiy mahsulot qurish jarayonidan farqli ravishda (coding β building β testing β deployment), "no-code/low-code" yechimlar orqali shundoq foydalanuvchi interfeysining o'zida biror mahsulot qurish mumkin.
- No-code: umuman kod yozishni talab qilmaydigan uskuna yoki servislar.
- Low-code: natijaga kodsiz yoki kam kod orqali erishishni ta'minlaydi.
Hozirgi kunda ikkalasining orasiga aniq chegara qo'yish qiyin: ikkala turdagi mahsulotlar ham kodsiz, ham kam kod orqali natijaga erishish uchun imkoniyat beradi.
Bunaqa uskunalarning eng katta beradigan yordamlari:
- Muammoni yechish yoki jarayonlarni optimallashtirish uchun chuqur bilim yoki dasturlashni o'rganish shart emas. Sohaga kirvolish oson.
- Katta tezlikda yechimni tekshirish va tasdiqlash imkoniyati mavjud.
- Mavjud mahsulotga o'zgarish kiritmagan holatda foydalanuvchilarga qo'shimcha funksional berish mumkin (ayniqsa, katta mijozlarga).
Odatda, misol sifatida eng birinchi keltiriladigan uskunalar:
- Airtable. Nisbatan oddiy jadvaldan (Google Sheets raqobatchisi) boshlangan bu uskuna hozir juda kuchli yechimga aylangan. Ichida bemalol 2-3 turdagi mahsulotlarning sodda variantini yasash mumkin: CRM, ma'lumotlar ombori, Trello/JIRA nusxasi va hokazo. O'zida turli jarayonlarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi interfeysi qurish imkoniyatini ham beradi. Yaqinda o'zim Airtable orqali maxsus yechim qurganimda uning imkoniyatlariga ishonch hosil qildim.
- Zapier yoki Integromat. Bu uskunalar turli servislarni bir-biriga bog'lab beradi. Masalan, ularda quyidagiga o'xshagan workflow qursa bo'ladi: kimdir Trello'da yangi topshiriq yaratsa, uning detallarini menga pochta orqali yubor, keyin xuddi shunaqa topshiriqni JIRA'da yarat, keyin Airtable'da ish boshlangan vaqtni yozib qo'y va Slack orqali komandaga e'lon qil. Qo'lda qilinadigan juda ko'p jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
- Webflow. Saytni kodsiz qurish. Tayyor shablonlar asosida va interfeys yordamida to'laqonli saytni ishga tushirish mumkin.
- Xohishga qarab yana bir qancha servis va uskunalarni turli kataloglardan topish mumkin. Masalan, bu yerdan: https://www.nocode.tech/tools
Menimcha, yaqin yillarda mijozlarga shu uskunalar orqali yechim taklif qilish ko'payadi. Ba'zi odamlar faqat shunaqa yechimlar ustida ishlashga fokus qilishi ham mumkin.
Bu mavzuda to'liqroq, o'zining tajribasidan kelib chiqib Vasily Zubarev (aka vas3k) ham ingliz tilida, ham rus tilida yaxshi maqola yozgan.