Tirnoq yoki “Okina”
Hamza Foziljonov Telegramdagi guruhda yozyapti:
Facebookʼdagi muhokama: https://www.facebook.com/groups/438868872860349/permalink/754870214593545/?comment_id=755234667890433&offset=0&total_comments=39
Shu paytgacha biz (men, Hamza va h.k. bilganlarim) ishlatib yurganimiz — U+2018: LEFT SINGLE QUOTATION MARK (ingliz tipografikasida qoʻshtirnoq ichida matnni ajratadigan bir tirnoq) — o‘ va g‘ harflaridagi “teskari vergul” uchun xato ekan. Yuqoridagi skrinshotda Husinboy Bekchanov yozgan matndagi tirnoq bilan Hamzaning yozganida vizual farq bor. Husinboy ishlatayotgan belgi — U+02BB: MODIFIER LETTER TURNED COMMA, boshqacha nomi — ʻOkina. Oʻzbekcha Vikipediyadagi matnlar ham shu belgi bilan yozilgan.
Husinboy Facebookʼdagi muhokamada toʻgʻri yozyapti:
Tinish belgi soʻzni ikkiga boʻlib yuboradi. Okina esa, yaxlit soʻzni tashkil qiladi
“Okina” haqidagi maqolada aynan yozilgan ham:
The same character is used in Latin transliterations of the Hebrew letter ʻáyin and the Arabic letter ʻayn, as well as in Uzbek to write the letters Oʻ (Cyrillic Ў) and Gʻ (Cyrillic Ғ).
Shriftlarda “Okina” bir tirnoqqa nisbatan kamroq qoʻllab-quvvatlanadi, adashmasam. Koʻp shriftlar ikkala belgini bir xil chizadi. Faqat baʼzi shriftlarda ajratilibroq chiziladi, shundan Hamza sezib qolgan.
Endi buyog‘iga:
‘ → ʻ
Tabriklayman, oʻzbek tilida yozadiganlar uchun yana bitta katta muvaffaqiyat bu!
P.S.: OʻzA chap tirnoqni ishlatyapti, “Okina”ni emas.
P.P.S.: Xushnudbekning “Tilga eʼtibor — elga eʼtibor” loyihasida yaxshi maqolalar yozilgan (u ham chap tirnoqni ishlatyapti).
P.P.P.S.: Shu oʻ oʻrniga “6” ishlatilsa zoʻr-ku, lekin gʻ harfini nima qilamiz? :~)
29-dekabr 2014