Men uchun sayohat — yangi madaniyat va joylarni oʻrganish orqali oʻsish, komfort zonasidan chiqish, kengroq fikrlash uchun yordam beradigan juda katta vosita. Bu boʻlimda sayohatlarim davomida olgan tassurotlarimni fotohikoya sifatida yozib boraman.

Hozircha: 16 ta davlat va 26 ta shahar.

Kanzas-Siti 2016-yilning fevral va martida

2016-yilda Super Dispatch kompaniyasi Techstars startap akseleratoriga qabul qilinishi tufayli qishning oxiridan iyun oʻrtasigacha (bir oylik tanaffus bilan) Kanzas-Siti shahrida boʻldim. Men uchun birinchi chet elga sayohat va taassurotlarim juda koʻp boʻlgani uchun, sayohat haqidagi hikoyam ikki qismga boʻlingan. Quyida birinchi qismi bilan boʻlishaman.