Moskva 2016-yilning aprelida

2016-yilning aprelida Kanzas-Siti va Nyu-Yorkdan keyin Moskvaga sayohat qildim. Shaharga kirishim bilan Moskva ikki xil taassurot qoldirdi. Bir tomondan, zamonaviy shahar, kutubxonalar koʻp, arxitekturasi boy, odamlar navbatni tushunadi va h.k. Ikkinchi tomondan, umumiy tariximiz — Sovet davri boʻlgani uchun bizdagi oʻziga xosliklarni u yerdayam koʻrish mumkin. Shuning uchun, quyidagi baʼzi fotolar xuddi Toshkentda olinganga oʻxshaydi :)

Men Moskvaga borgan paytimda aprel oyi boʻlganiga qaramay, havo sovuq, soyalarda qor turgandi. Eriyotgan qor shahar koʻchalarida loyni koʻpaytiradi va bu shaharni kirroq koʻrsatadi. Mashinalar, tratuarlar, odamlarning oyoqlari ham kir.

Masalan, quyidagi fotodagi mashinalarni hisobga olmasa, Toshkentdagi hovlilarni eslatadi.

1

Moskvaning logotipi qizil boʻlishiga qaramasdan, mendagi asosiy assosiatsiya: yashil va sariq. Xuddi shu rangdagi boʻyoqlarni chiqaradigan kompaniya davlat tenderini yutib olgandek. Masalan, panjara ranglari:

38

Yoki tuvaklar:

44

Chiqindi tashlash punkti:

45

Hatto bolalar maydonchasidagi ranglar:

46

Daraxtlarning kesilgan shoxlari oʻrni va ochiq joylari yashil rangga boʻyaladi.




Kavlab chiqarilgan yoki yoʻlni tuzatish uchun kerak boʻladigan tuproq shundoq tratuarda qoladi.

18

Moskvada ham ariqlar yoʻq. Barcha suv kanalizatsiya trubalari orqali ketadi.




Asfalt, mashinalar va graffiti.

5

Reklamalar uchun maxsus peshtaxta qoldirilgan.

12

Koʻchalarda kitoblarning reklamasini koʻrish mumkin.

17

Taksofon.

22

Qiziq arxitekturadagi binolar oddiy uylar bilan bir qatorda joylashishi mumkin.






Yangi Arbat koʻchasida kitobga oʻxshagan binolar.

37

Brejnev yashagan uyga haligacha gul qoʻyib ketishadi.

75

Oyoqni va orqani nam qilish uchun oʻrindiq.

14

Parkomatlar quyosh energiyasi asosida ishlaydi.

19

Shaharning koʻp qismidagi yoʻllarning cheti pullik parkovka qilingan. Yoʻlni egallab turadigan mashinalar shahar hududidan pul toʻlab foydalanishadi.

31

Politsiya.

20

Piyodalar uchun oʻtish joyini bildiruvchi taktil panellar.




Tashqari sovuq boʻlganda Kovorkafening tashqarisida pechka va yopinchiqlar turadi.

24

Shahar hojatxonasi.




Shaharning kichik xaritasi. Xaritaning atrofida Wi-Fi ishlaydi.

32

Kafelarning tashqarisiga zinapoyaga oʻxshagan oʻrindiq qilishadi. Boʻsh joydan tratuarga xalaqit bermasdan yaxshi foydalanishadi.




Oʻtish belgilari sariq fonda.

41

Negadir eshiklarga sariq doira qoʻyishadi.

53

Daraxt oʻrindiq bilan oʻralgan.

56

Devori toʻkilayotgan binodan zoʻr sanʼat obyekti qilishgan.

57

2016-yilda hali Jon Snou tirikmi-yoʻqmi bilmasdik.

63

Dunyo brendlari nomlari kirill alifbosida yoziladi. Boshida juda oʻrganish qiyin, lekin odam koʻnikadi.

26

Buyuk va qudratli til.

61

Kreml va Qizil Maydon atrofi

Kremlning devorini tuzatishyapti.

6

Qizil maydon.

7

Xochlar simlar bilan qotirilgan.

8

Markaziy universamning ichiga sunʼiy daraxt qoʻyishgan.

9

Ilyinka koʻchasida chiroyli binolarni uchratish mumkin.

10

Tuzatilayotgan binolarning usti material bilan yopilgan. Lekin Moskvaning kiri tufayli materialning rangi oʻzgarib boʻlgan.

11

Pochtamtning bitta “T”si qiyshayib qolgan.

33

Moskva daryosi atrofi

Moskva daryosi.

55

Moskva daryosida kema-restoran suzib yuradi.




Daryodagi kemalarga xizmat koʻrsatish punkti.




Bu esa orqani sovutish uchun oʻrindiq.

60

Chiroyli koʻprik.




Yaponiyadan ichimliklar.

66

Kiyev vokzali.

67

Moskva-Siti fonda.




Kirill alifbosidagi strit-art ham notabiiy tuyuladi.

77

Transport

Baʼzi axmoqlar yana Berlinga bormoqchi. Afsuslanarlisi, bu shaxsiy avtobus emas. Urush — Berlinga tankda sayohat qilib kelish emas.




Avtobuslar mundarijasi. Marshrut, soʻnggi bekat, qancha vaqtda kelishi va joriy havo haroratini koʻrsatadi.

21

Transportga bilet sotib oladigan qurilma.

27

Veloparkovkalar Moskva transporti logotipiga oʻxshatib yasalgan.

54

Metro xaritasining yangilangan qismlari eskilarining ustidan yopishtirib qoʻyiladi.

2

Metroda boshqa bekatlarga oʻtish koʻrsatkichi.

28

Metro poyezdigan yoʻlidan oldin ogohlantirish uchun chiroqlar qoʻyilgan.

29

Eskiroq metro vagonlarida oʻtilgan bekatlar indikator yordamida koʻrsatiladi.

13

Metrodagi baʼzi oʻtishlar juda chuqur joylashgan. Moskva metrosi — dunyodagi eng katta metrolardan biri.

36

Metro bekati ishlamayotgan holatdagi tushuntirish.

39

Shaharga chiqish.

30

Kutuzovskiy metro bekati. Toshkentdagidek lampali “shaharga chiqish” panellari oʻrnatilgan.

79

Novodevichye qabristoni

Qabrlarning yonida oʻrindiqlar qoʻyilgan.

47

Qabr usti archa bargi bilan yopiladi.

48

Yoki sunʼiy gazon bilan.

49

Qabrlar.

50

Boris Yelsin qabri katta Rossiya bayrogʻi.

51

Nikulin esa shunchaki qoʻlida sigaret bilan oʻtiribdi.

52

Yana yaxshi fotolar Instagram akkauntimda tez-tez paydo boʻladi. Telegram kanalimga ham yoziling: https://t.me/FarLives

Telegram