Kanzas-Siti 2016-yilning fevral va martida

2016-yilda Super Dispatch kompaniyasi Techstars startap akseleratoriga qabul qilinishi tufayli qishning oxiridan iyun oʻrtasigacha (bir oylik tanaffus bilan) Kanzas-Siti shahrida boʻldim. Men uchun birinchi chet elga sayohat va taassurotlarim juda koʻp boʻlgani uchun, sayohat haqidagi hikoyam ikki qismga boʻlingan. Quyida birinchi qismi bilan boʻlishaman.

★★★

Aeroportdan chiqishda kirakashlar kutib olmaydi.

Aeroportga kirish va chiqishda panjara, politsiya va h.k.lar yoʻq. Eshikdan chiqishingiz bilan trotuar va yoʻl. Taksiga oʻtirish uchun eshikdan 3-4 qadam yurish kifoya:

Shahar toza. Xuddi hamma narsa tartib bilan qilingandek.

Fonarlar simsiz. Baʼzi kommunikatsiya kabellari yer tagidan oʻtgan.

Shahardagi arxitektura har xil. Zamonaviy qurilayotgan binolar ham, 19-asrda qurilgan klassik usuldagilari ham uchraydi.

Baʼzida ensiz, baland binolar uchraydi:

Gʻisht bilan qurilgan binolar koʻp.

Binolarning birinchi qavatida kafe, restoran va magazinlar joylashgan.

Kauffman markazi.

Baland ustunlar.

Simsiz simyogʻochlar. Chap tarafdagi baland panjara mashinalar katta shohkoʻchadan (highway) himoya uchun.

Agar tezroq shaharni kesib chiqish lozim boʻlsa, shu shohkoʻchalar yordam beradi (svetofor va chorrahalar kam).

Piyodalar oʻtishi mumkin boʻlgan yoʻllar nisbatan tor.

Shahar markazida esa bir tomonga bitta mashina yuradi xolos.

Tramvay ishga tushirilyapti:

Katta maydonlar shunchaki boʻsh yotishi mumkin.

Bino qurilishida maxsus liftlar ishlatiladi.

Va binoning ichida changli ishlar qilinayotganda bino tashqarisi maxsus material bilan yopiladi. Chang, kir va shovqin shaharga tarqalmaydi.

Stop.

Piyodalar oʻtish yoʻlakchasiga uchun alohida material ishlangan. Mashinalaram, piyodalar ham sezadi.

Gidrantlar yaqqol trotuardan chiqarilgan, shaharning koʻp joyida uchraydi.

Trotuarlar alohida materialdan qilingan — asfalt emas. Daraxtlar tagidagi yer panjara bilan yopilgan.

Yer izolyatsiya qilinishi tuproq loy yoki chang boʻlib shaharga tarqamasligi uchun qilingan.

Baʼzi joylarda esa daraxt tagi shundoq trotuar bilan yopilgan, lekin alohida markirovka bilan ajratilgan: kelajakda almashtirish yoki olib tashlash uchun qulay (daraxt kattarib ketsa).

Odamlar yoʻlni kesib oʻtishi mumkin boʻlgan joylarda temir ishlatilgan. Taktil (тактильный, tactile) boʻlgani ham vizual, ham ustida yurganda sezishga (yana koʻzi ojizlargayam) yordam beradi.

Koʻpriklarning ustidagi trotuarlar keng.

Kalta va tor koʻchalar. Bularning nomi ham yoʻq. Bunaqa koʻchalar, asosan, maxsus transportlar tomonidan foydalaniladi.

Bir tomonli yoʻnalish. Svetofor chirogʻi diagonal boʻlaklarga boʻlingan.

Katta urnalar alohida boʻlaklarga boʻlingan: axlat, alyuminiy, plastik.

UPS pochta qutisi.

Parkovka.

Kassa.

Avtobus bekati.

Bekatda avtobus marshruti kichik xaridata koʻrsatilgan.

Baʼzida marshrut xaritasiz:

Urna va oʻtirgʻichlar.

Yozuvlar binolarning devoriga yozilgan.

Va katta qilib yozilgan.

★★★

Safar davomida erinmasdan yordam bergan Otabek Halilovga katta minnatdorchiligimni bildiraman.

Telegram