Kanzas-Siti 2016-yilning fevral va martida

2016-yilda Super Dispatch kompaniyasi Techstars startap akseleratoriga qabul qilinishi tufayli qishning oxiridan iyun oʻrtasigacha (bir oylik tanaffus bilan) Kanzas-Siti shahrida boʻldim. Men uchun birinchi chet elga sayohat va taassurotlarim juda koʻp boʻlgani uchun, sayohat haqidagi hikoyam ikki qismga boʻlingan. Quyida birinchi qismi bilan boʻlishaman.

★★★

Aeroportdan chiqishda kirakashlar kutib olmaydi. 1

Aeroportga kirish va chiqishda panjara, politsiya va h.k.lar yoʻq. Eshikdan chiqishingiz bilan trotuar va yoʻl. Taksiga oʻtirish uchun eshikdan 3-4 qadam yurish kifoya: 1

Shahar toza. Xuddi hamma narsa tartib bilan qilingandek. 1

Fonarlar simsiz. Baʼzi kommunikatsiya kabellari yer tagidan oʻtgan. 1

Shahardagi arxitektura har xil. Zamonaviy qurilayotgan binolar ham, 19-asrda qurilgan klassik usuldagilari ham uchraydi. 1

Baʼzida ensiz, baland binolar uchraydi:

Gʻisht bilan qurilgan binolar koʻp. 1

Binolarning birinchi qavatida kafe, restoran va magazinlar joylashgan.

Kauffman markazi. 1

Baland ustunlar. 1

Simsiz simyogʻochlar. Chap tarafdagi baland panjara mashinalar katta shohkoʻchadan (highway) himoya uchun. 1

Agar tezroq shaharni kesib chiqish lozim boʻlsa, shu shohkoʻchalar yordam beradi (svetofor va chorrahalar kam). 1

Piyodalar oʻtishi mumkin boʻlgan yoʻllar nisbatan tor. 1

Shahar markazida esa bir tomonga bitta mashina yuradi xolos. 1

Tramvay ishga tushirilyapti: 1

Katta maydonlar shunchaki boʻsh yotishi mumkin. 1

Bino qurilishida maxsus liftlar ishlatiladi. 1

Va binoning ichida changli ishlar qilinayotganda bino tashqarisi maxsus material bilan yopiladi. Chang, kir va shovqin shaharga tarqalmaydi. 1

Stop. 1

Piyodalar oʻtish yoʻlakchasiga uchun alohida material ishlangan. Mashinalaram, piyodalar ham sezadi. 1

Gidrantlar yaqqol trotuardan chiqarilgan, shaharning koʻp joyida uchraydi. 1

trotuarlar alohida materialdan qilingan — asfalt emas. Daraxtlar tagidagi yer panjara bilan yopilgan. 1

Yer izolyatsiya qilinishi tuproq loy yoki chang boʻlib shaharga tarqamasligi uchun qilingan. 1

Baʼzi joylarda esa daraxt tagi shundoq trotuar bilan yopilgan, lekin alohida markirovka bilan ajratilgan: kelajakda almashtirish yoki olib tashlash uchun qulay (daraxt kattarib ketsa). 1

Odamlar yoʻlni kesib oʻtishi mumkin boʻlgan joylarda temir ishlatilgan. Taktil (тактильный, tactile) boʻlgani ham vizual, ham ustida yurganda sezishga (yana koʻzi ojizlargayam) yordam beradi. 1

Koʻpriklarning ustidagi trotuarlar keng. 1

Kalta va tor koʻchalar. Bularning nomi ham yoʻq. Bunaqa koʻchalar, asosan, maxsus transportlar tomonidan foydalaniladi. 1

Bir tomonli yoʻnalish. Svetofor chirogʻi diagonal boʻlaklarga boʻlingan. 1

Katta urnalar alohida boʻlaklarga boʻlingan: axlat, alyuminiy, plastik. 1

UPS pochta qutisi. 1

Parkovka. 1

Kassa. 1

Avtobus bekati. 1

Bekatda avtobus marshruti kichik xaridata koʻrsatilgan. 1

Baʼzida marshrut xaritasiz: 1

Urna va oʻtirgʻichlar. 1

Yozuvlar binolarning devoriga yozilgan. 1

Katta qilib yozilgan. 1

★★★

Safar davomida erinmasdan yordam bergan Otabek Halilovga katta minnatdorchiligimni bildiraman.

Telegram