Nyu-York 2016-yilning mayida. Ikkinchi qism.

Sayohatning ikkinchi qismini boshlaymiz. Birinchi qismi bu yerda.

Marin-Park, Bruklin

Google Maps aytishicha, Marin-Park faqat aholi yashaydigan joylarni va kichik parkni qamrab oladi: Marine Park, Brooklyn, NY, USA. Lekin aslida u xaritaning quyirogʻidagi juda katta yashil maydonni ham oʻz ichiga oladi. Bu — Bruklindagi eng katta park: Marin-Park.

Yonidan qaraganda xuddi qanaqadir shaharning chetigami yoki birorta Siti quriladigan joyga tushib qolgandek tuyuladi. Simlar bilan oʻralgan, narigi tomoni yovvoyi daraxtzor. Trotuar ham oʻzimizdagidek asfalt qilingan.
69

Sal yurganda juda chiroyli mahallalar uchraydi. Bir tomoni yashil sayr qiladigan hududchalar.




Katta iloni bor bolalar maydonchasi.
72

Shaxmat oʻynash uchun maxsus oʻrindiq va stollar. Stollarning ustiga shaxmat doskasi chizilgan.
73

Svetofor simga oʻrnatilgan va sim uzun sariq trubadan oʻtkazilgan. Menimcha, svetofor pastga tushib ketmasligi uchun.
74

Uylar.
75

Chorraha. Qiziq tomoni chapdagi mahallada yashaydigan odamlar shundoq yoʻlni kesib oʻtishi kifoya.
76

Bu park. Odamlar kelib dam olib ketishi mumkin boʻlgan shunchaki maydon. Attraksionlarsiz. Har qadamda oʻyinchoq-mashinasini tiqishtiradigan odamlarsiz.
77

Buyam park. Faqat bu tomonida yovvoyi tabiat imkoni boricha saqlab qolingan.
78

Nyu-York shahrining Parklar va dam olish departamenti tomonidan Forever Wild (Abadiy yovvoyi) dasturi ishga tushirilgan ekan. Bu dastur boʻyicha shahar ichidagi ekologik tomondan muhim joylarni asrash va saqlab qolish koʻzda tutilgan. Shiori ham ajoyib:

You don't need to leave the City to get a taste of the wilderness—nature is all around you! So get on the subway or bus and come explore New York City in a whole new way.
Erkin tarjima: yovvoyi tabiatni his qilish uchun shahardan chiqish shart emas — tabiat sizning atrofingizda! Demak, metro yoki avtobusga chiqing va Nyu-York shahrini umuman yangichasiga kashf qiling.

Aytgandek, yuqoridagi dastur Nyu-York shtati konstitutsiyasining 14-bandi asosida tashkil qilingan. 1894-yilda qabul qilingan bu band Nyu-York shtatining oʻrmon qoʻriqxonalarini yuqori darajadagi himoyaga olib chiqishga qaratilgan.

Brayton-Bich

Brayton-Bich juda-juda gʻalati tassurot qoldirdi. Bir tomondan bu — Amerika. Ikkinchi tomondan, xuddi sobiq Sovet shaharlarining bir qismini shu yerga koʻchirib kelishgandek.

Baʼzi tanishlarimning aytishicha, Nyu-Yorkning oʻzida yashab haqiqiy Amerika madaniyatining bir qismi boʻlish juda qiyin: bu shaharda rus, oʻzbek tilida gaplashadigan odamlar koʻp, oʻziga xos hamjamiyatchalar mavjud, oʻzlarining positiv va negativ fikrlari va hokazo. Lekin shuning ortidan ish topish ham oson. Joylashib, yashab ketish ham. Bu, ayniqsa, Grin-karta yutib ketadiganlarga juda qulay.

Rus tilidagi reklamalar.
79

Yana qanaqadir Rossiya qoʻshiqchilari...
80

Toshkent va boshqa shaharlarga reyslar.
81

Manavilar qanaqadir 90-yillarnimiyey eslatadi. Qanaqadir Krishna, Mosvideofilm...
82

Hatto Rossiyada chiqadigan gazetalargacha sotiladi bu yerda.
83

Amerikadagi shaharlar, tumanlar, hatta mahallalar xilma-xil. Bitta mahallada, xuddi yuqoridagidek, daraxtlar koʻp, panjalarsiz uylarni koʻrish mumkin. Quyidagidek “quruq” mahallalarniyam koʻp uchratsa boʻladi. Bu uylar panjara bilan oʻralgan xonalari nisbatan tor, zich.
84

Metroning tagidan mashinalar oʻtadi. Shu meni haligacha hayron qoldiradi.
85

Donald Trampning otasi tomonidan qurilgan panel uylarning biri.
86

Manavi uylar shundoq sohilga tutashib ketgan.
87

Koni-Aylend va Brayton-Bich sohili

Koni-Aylend ham, Brayton-Bich ham Bruklinning quyi qismida joylashgan va ikkalasi ham sohilga tutashadi.

Odamlar dengizni tomosha qilib oʻtirishi uchun oʻrindiqlar qoʻyilgan (men yaxshi koʻradigan yana bitta mashgʻulot).
88

Oʻrindiqdan bunaqa koʻrinish ochiladi.
89

Sohildan foydalanish qoidalari shu yerda yashaydigan aholiga qulay 3 tilda yozilgan.
90

Tez yordam koʻrsatish punkti juda ajoyib arxitektura bilan qurilgan.
91

Bu esa yomgʻir yoqqanda dengizni tomosha qilib oʻtirish joyi. Avtobus bekatini eslatvoradi.
92

Sohilga kichik bolalar maydonchasi ham qurilgan.
93

Odamlar ovqatlanishi uchun stol. Bular “piknik stoli” deb atalarkan. Amerikada juda koʻp parklar, dam olish joylarida uchratish mumkin.
94

Pirs. Asosan, dam olish uchun. Bunaqa pirslarda suvning ichkarirogʻiga kirib vaqt oʻtkazish rosa yoqimli.
95

Oxirida oʻrindiqlar qoʻyilgan. Sal keyinroqda odamlar baliq ovlayapti, albatta.
96

Pirsning ustida sohil bunaqa koʻrinadi.
97

Sohilning sal yuqorirogʻida Coney Art Walls degan maxsus muzey-galereya bor. 2018-yilda bu yerda mahalliy va xalqaro rassomlar tomonidan turli sanʼat asarlari yaratilgan. Hammasi devorda.





Uzun zinapoya ham kirish, ham evakuatsiyada chiqish uchun moʻljallangan.
101

Metro bekati.
102

Bu bekat yuqoridan yuradigan poyezdlar uchun. Svetofori ham bor.
103

Ikki xil rangdagi chiqindi qutiladi.
104

Suvda ⛴

Nyu-Yorkning hamma tomoni suv. Bu yerda suvda yuradigan taksilar ham yetarli. Bundan tashqari, odamlar (ayniqsa, Steyten-Aylenddan qatnaydiganlar) uchun paromlar ham mavjud.

Bu yerda kema yuklanyapti.




Bu esa suv-taksi — Water Taxi. Sariq rangda. Bularning baʻzi toʻxtaydigan maxsus bekatlari bor, shularning biridan ikkinchisiga borish mumkin. Yoki butun kun davomida xohlagancha foydalanishga ruxsat beradigan qimmatroq bileti ham bor.
107

Ozodlik haykali. Haykalni yaqinroqdan koʻrish uchun xuddi aeroportlardagidek xavfsizlik koʻrigidan oʻtish lozim.
108

Manhettendagi paromlar uchun suv bekati.
109

Maxsus avtobuslar ushbu bekatga yuradi.
110

Manhetten

Koʻp qatnovli yoʻlning oʻrtasidagi orolcha mashinalardan juda qattiq himoya qilingan.
112

Velosipedlar uchun alohida svetofor.
113

Chunki bu yerda velosipedlarning alohida yoʻli mavjud va u baʼzida mashinalarning yoʻli bilan kesishishi mumkin.
114

Kuchuklar uchun maydoncha.
115

Bir nechta amerikaliklar harbiy kemani (aviatashuvchi, ikkinchi jahon urushida ham qatnashgan) buzilishdan saqlab qolishgan va uni muzeyga aylantirishgan. Ustida hatto harbiy samolyotlar ham bor.
116

Kema rostdan ham katta. Birinchi koʻrgan odamni hayron qoldiradi.
117

Nyu-Yorkdagi mashina va binolarning har xilligi.
118

Paromlar bekati yonida yana piknik stollari.
119

Avtobuslarga kichik lift oʻrnatilgan. Aslida imkoniyati cheklangan odamlar uchun qilingan bu lift qariyalargayam asqotadi.
120

Amerikaning parklari, dam olish joylari, aeroporlarida shunaqa ichimlik suvi chiqadigan favvorachalar koʻp. Pastidagi tugmani bosib suv ichish yoki suv idishni toʻldirvolish mumkin.
121

Manhettenning markazida jurnallar va gazetalar uchun alohida chiqindi qutilari mavjud.
122

Bu parkda esa raqs tushishni oʻrgatishyapti.
123

Faqat avtobuslar yuradigan yoʻlak. “Bus Only” yozuvi yerga yozilganda vertikaliga uzunroq yoziladi, chunki, bu yozuv haydovchilarga moʻljallangan. Yuqoridan va uzoqroqdan qaraganda haydovchilarga normal koʻrinadi.
124

Bu esa yonʻginga qarshi transport yuradigan qism.
125

Hech kim avtobus uchun moʻljallangan yoʻlakka tiqilmaydi.
126

Nyu-Yorkda koʻcha ovqati (food truck) juda keng tarqalgan. Ularning ichida halol ovqatlar koʻp uchraydi.




Sal kechroq tushganda zamonaviy binolar boshqacha tus oladi.
129

Bu yerdagi yoʻlni hokimiyat yaxshi tuzatishmabdi.
130

Metroga kirish shunchaki binoning tagida va magazinlar yonida.
131

Yonʻginga qarshi transport. Juda baland ovoz chiqaradi bu mashinalar.
132

Markaziy Parkka kirish xuddi qanaqadir yovvoyi tabiatga kirishni eslatadi.
133

Parkning ichidan shahardagi binolar koʻrinishi.
134

Mart oyida Apple Store ichida yasalayotgan stollar tayyor boʻlibdi.
135

Telegram