August 30, 2021
Kindle
Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim.
- Kindle faqat kitob o’qish uchun mo’ljallangan. Telefon yoki planshetdagidek chalg’ituvchi faktorlar yo’q.
- Kindle ekrani xuddi qog’ozdek. Ayniqsa, tunda uxlashdan avval o’qiganda ko’zni charchatmaydi.
- Quvvati (zaryadi) kamida 1-2 haftaga yetadi.
- Goodreads bilan integratsiyasi yaxshi.
Menda hozir Kindle Paperwhite. Unda keyingi/oldingi sahifaga o’tish uchun alohida tugmalar yo’q. Balki, kelajakda Kindle Oasis olarman.