August 30, 2021

Yorugʻlik tezligi

Hammaga xuddi yorugʻlikning tezligi tezdek tuyuladi. Lekin quyidagi maqoladagi videodan (sharhlar bilan quyida) keyin oʻylanib qoladi odam.

https://kottke.org/19/01/visualizing-the-speed-of-light

Yorugʻlik Yerning atrofida aylanishi. Ok, bu tez, lekin baribir tezligini sezish mumkin. Juda tez boʻlganda shu oq doira shunchaki chiziq boʻlardi xolos.

Yerdan Oygacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati. Bu xuddi Ping-Pong oʻyinini eslatadi.

Lekin, Yer va Oydan Marsgacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati xuddi toshbaqanikini eslatadi 😅

Bundan kelib chiqadi-ki, odamzod yorugʻlik tezligi bilan uchishga erishganda ham eng yaqin sayyoralar tizimiga  yetib olish uchun 4,37 yil ketarkan. Eslatib oʻtaman: bu vakuumdagi, gravitatsiya maydonlari xalaqit bermagandagi tezlik va kosmik kemaga oʻxshagan katta obyekt bunaqa tezlik olishi va butun qolishi juda va juda qiyin masala.

Xulosa: yorugʻlik tezligi yetarlicha tez emas. Koinotni kengroq oʻrganish uchun umuman boshqacha texnologiyalar yoki usullar kerak (Interstellar filmini eslaymiz yoki Mass Effect oʻyinini).


Bu videoda yorugʻlik Marsga 3 minut 2 sekundda yetib boryapti. Unchalik katta boʻlmagan Curiosity (rover, marsyurar) Yerdan uchib Marsga qoʻnishi uchun 9 oy vaqt ketgan. Kattaroq fazo kemasi undan-da sekinroq uchadi.

9-oktabr 2019