July 27

James Webb teleskopi

James Webb vs Hubble

Biroz kechikkan bo’lsam ham bo’lishgim keldi: James Webb va Hubble teleskoplaridan olingan fotosuratlarning solishtirilgani. Yaqinda ishini boshlagan James Webb chuqur koinotning ancha tiniq fotosini beryapti.

SMACS 0723 galaktikalar to'plami

Ikkinchi fotodagi galaktikalar to’plami esa 4,6 milliard yil oldin shunaqa ko’rinishda bo’lgan (yorug’lik tezligi, aslida, sekin). Shu galaktikalarda bir qancha sivilizatsiyalar paydo bo’lib yo’qolishi (yo’qolgan bo’lishi) mumkin va biz bundan bexabar qolaveramiz. Qaysidir uzoqroq galaktikada yerni kuzatayotgan mavjudotlar, katta ehtimol bilan, dinozavrlarni ko’radi hozir.

Afsuski, yaqin 500-1000 yil ichida odamzod uzoq galaktikalarga faqat film va o’yinlarda sayohat qilolsa kerak…

Teleskopdan olinayotgan fotolar NASA’ning Flickr albomida yig’ilyapti, qiziqqanlar bo’lsa.