June 15, 2022
Til va mamlakat #2
Bir paytlar interfeyslarda turli tillarni mamlakatlarga bog'lashni tanqid qilgandim, ayniqsa, davlatlarning bayroqlaridan foydalanib:
Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin. Rus tili sobiq Sovet davlatlarining koʻpida ishlatiladi. Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari).
Apple macOS 12.4 versiyasidan boshlab kiritish manbalaridagi (input sources) bayroqlarni olib tashladi. Endi kiritish manbasini (klaviatura terilmasini) tanlaganda, faqat ikki belgili til kodi ko'rsatiladi — "US", "РУ", "GB" kabi:
Bu yerda ikki narsani taxmin qilish mumkin:
- Apple estetik/dizayn tomondan turli rangdagi ikonkalarni menyuda ko'rinishini yoqtirmagan bo'lishi mumkin.
- Apple til va mamlakatni bir-biriga bog'lashdan voz kechyapti.
Jon Gruberning yozishicha, ikkinchi taxmin to'g'ri. Va bunga men ham qo'shilaman. This is the way.