July 31, 2022

Keychron K8 Pro

2021-yilning yozida aqliy tanlov bilan olingan birinchi mexanik klaviaturamni sotib olgandim: Keychron K3. Ishlatib ko'rmaguncha menga aynan qaysi hajmdagi klaviatura mos kelishini bilmagandim (tanishlarda 1-2 ishlatib ko'rish hisobmas). Keyinroq, Keychron K8 Pro e'lon qilinganda, klaviatura xuddi men uchun atayin yaratilgandek tuyuldi va zudlik bilan Kickstarter'dagi loyihasiga sarmoya qilindi. Hozir Keychron saytidan sotib olsa bo'ladi.

K3 bilan ishlatib ko'rmasdan solishtirganda, K8 Pro'ning ikkita katta farqi bor.

Klaviaturaning o'lchami va tartibi. K3 nistaban kompakt va uning o'lchami 65% hisoblanadi: ko'rsatkich (←→↑↓), Home, End, Page Up, Page Down tugmalari harflar joylashgan asosiy qismga "tiqishtirilgan". K8 Pro esa Tenkeyless (TKL) hisoblanadi: bundan xuddi raqamlar alohida joylashadigan qismi olib tashlangan xolos - 80% o'lchamda.

Balandligi to'laqonli. K3 tugmalari balandligi past (low profile) hisoblanadi. K8 Pro esa to'liq. Sotib olishdan oldin qanchalik qulay bo'lishi haqida o'yladim, lekin tajriba sifatida sinab ko'rishga qaror qildim.

Hozirgi tajribam shu klaviatura bilan 10 ishlashim asosiga tayanadi. Keyinroq qo'shimcha fikrlar va yangi bilim bo'lishi tabiiy. Ayniqsa, VIA dasturi orqali klaviaturaga maxsus imkoniyatlar qo'shishni hali rejalashtirmadim ham.

Qutisi

Qutisi xuddi K3'niki kabi. Lekin birinchi marta ko'targanda klaviatura ancha og'irligi hayron qoldirdi. Keyinroq yodimga tushdi: K8 Pro'ning ramkasi alyuminiydan qilinganini sotib olgandim.

Qutining ichida:

  • klaviatura;
  • qo'llanmalar;
  • klavishlarni almashtirish uchun uskunalar;
  • Windows uchun klavishlar (Alt, Windows);
  • USB-A - USB-C kabel.
Qutining tashqarisiga klaviaturaning sxemasi qo'yilgan

Dizayni

K3'dan farqli ravishda, K8 Pro klavishlarining tagidagi mexanizmi kamroq ko'zga tashlanadi. Telegram'dagi postimda yozganimdek, menga klavishlarning dizayni juda yoqqan va yoqdi.

K3'da faqat Esc klavishi yorqin rang bilan ajratilgan edi. K8 Pro'da ham Esc, ham Enter ajratilgan alohida. Bundan tashqari, belgilar joylashgan va funksional klavishlarning farqi aniqroq bilinadi.

K8 Pro yon tomondan

Ko'rsatkichlar teskari T shaklida alohida ajratilgani va Ins/Del/Home/End/PgUp/PgDown klavishlari uchun alohida blok turishi juda qulay. Va, o'ng tarafda ham Option klavishi bor K8 Pro'da (K3'dagi kamchiliklardan biri).

K8 Pro yuqoridan

Umuman olganda, klaviaturaning materiali nisbatan sifatliroqdek tuyulyapti. Klavishlarga tegish va ulardan foydalanish yoqimli. Joy bemalol bo'lgani uchun, mikrofon ikonkasi bilan alohida klavish ham qo'shilgan: klaviatura macOS'ga ulanganda Spotlight'ni chaqiryapti; menimcha, Siri'ni chaqirish uchun ham moslashtirsa bo'ladi.

Uchta indikator ko'rsatkich klavishlari ustiga qo'yilgan (bular avval mos klavishlarning o'zida yonardi):

  • kabel ulangani (zaryad olayotgani) indikatori;
  • Bluetooth orqali ulanishga tayyorligi;
  • CapsLock bosilganligi.
Ko'rsatkichlarning yuqorisidagi klavishlar

Klaviaturani yoqib-o'chirish, rejimlarni (tizimlarni) almashtirish, USB-C portlari chap tomonga ko'chirilgan. USB-C porti chap tomonga o'tkazilgani g'alatiroq, chunki, odatda klaviaturani zaryad qiladigan portni yuqori qismda (kompyuter tomonda) bo'lishi standartroq.

Boshqaruv va USB-C port

Umumiy xulosa

Umuman olganda, 10 kunlik tajriba asosida klaviatura juda yoqdi. Ayniqsa, K8 Pro'ning ovozi nisbatan "nafisroq" (Gateron G Pro Mechanical Brown).

Klaviaturaning balandroqligi haqida hozir biror narsa deyishim qiyin. Birinchi taassurot asosida, menimcha, ok. Lekin klaviaturani qo'shimcha qo'llab turadigan panelini olib sinab ko'rmadim.Bu safar RGB yorug'lik beradigan versiyasini olganim uchun, klaviatura sal qorong'uroq muhitda juda chiroyli rang berib turadi. Va "raindrop" deb nomlangan rejimida har bir klavishning tagidagi chiroq turli ranglarni asta-sekin o'zgartirib turishi qo'shimcha vizual meditatsiya sifatida ham xizmat qiladi πŸ˜‡