Denver. Iyun 2016
Denver — Kolorado shtatining poytaxti. Denverning sharqiy qismi asosan tekislikdan iborat. Manzara nimalardan iborat ekanligini avvalgi postimda koʻrish mumkin. Shaharning gʻarbidan esa tabiati juda chiroyli boʻlgan togʻlar boshlanadi. Shaharga tashrif buyuradigan sayohatchilarni, albatta, shu togʻlar oʻziga jalb qiladi.
Bundan tashqari, Kolorado shtatida marixuana (nasha) oʻstirish, sotib olish va isteʼmol qilish qonunan taqiqlanmaydi. Bu yerdagi maxsus aptekalardan bemalol turli turdagi marixuana sotib olish mumkin. Bu, albatta, yanada koʻproq sayyohlarni jalb qiladi ushbu shtatga.
Bizning asosiy manzilimiz Grand Lake koʻli boʻlgani uchun shaharni yaxshiroq oʻrganishga imkoniyat boʻlmadi.
Avtomagistral shahardagi odatiy tekislikdan pastroqqa quriladi. Sababini bilmadim, lekin bu shu magistralni kesib oʻtuvchi koʻpriklarni piyodalar uchun juda qulay qiladi: zina yoki eskalatorlar shart emas. Yashil katta belgilar magistraldan chiqib ketadigan yoʻl boʻlaklariga qoʻyiladi.
Markaziy biznes mavzesi tomonga yoʻl.
Ural mototsikliga oʻxshaydi juda. Haliyam odamlar shunaqa kolyaskali mototsikllarda yurishini oʻylamagandim.
Faqat biz bir kungina boʻlgan qismi shunaqaroqmi, shaharning baʼzi joylari qanaqadir viloyat markazini eslatvoradi (daraxtlarning koʻpligini hisobga olmasa).
Qurilish chiqindilarini yigʻadigan konteyner. Strit-art bilan, albatta.
Bu — park. Shunchaki yashil maydon. Attraksionlarsiz. Pult bilan boshqariladigan mashinalarini tiqishtiradigan bolalarsiz. Yoki ichida magazinsiz.
Parkda odamlar shunchaki dam oladi, xohlasa gazon ustida, xohlasa uy hayvonlari bilan yoki bolalari bilan. Bu yerning har bir kvadrat metridan pul chiqarish haqida oʻylanmaydi ham. Bu — park.
Shaharda bunaqa kichik sayilgohlarni uchratish mumkin. Asosiy elementlari: daraxtlar, oʻrindiqlar, oʻrindiqlardan uzoqroq qutilari, ozroq gazon va qolgan qismidagi tuproq chang shaharga tarqamasligi uchun yopilgan.
Sayyohlar uchun koʻrsatkichlar.
Baʼzi joylarga bunaqa art-obyektga oʻxshagan katta tuvaklar qoʻyilgan.
Piyodalar oʻtish joyi alohida qavat bilan oq rangga boʻyalganiga qaramasdan oʻchib ketgan.
Yana bitta koʻprikdan biznes mavzesiga yoʻl.
Avtobus bekati.
Velosipedlarni ijaraga beradigan avtomat quyosh energiyasida ishlaydi.
Uylar.
16-koʻcha koʻrsatkichiga Denver shahrining logosi ham qoʻyilgan.
Biznes mavzesi: koʻp qavatli, oynali binolar, daraxtlar deyarli yoʻq.
Bu yerda yana bitta bino qurilyapti.
Art-obyekt.
Amerikadagi asosiy voksal, odatda, “Union Station” nomi bilan ataladi.
Vokzal ichida mehmonxona ham mavjud. Odatda, vokzal va portlarga kirish keng, yuqori qismi oynali va bir nechta eshikdan iborat boʻladi.
Interyerida: juda (rostdan juda) baland shift, katta oynalar, qavatlarning koridorlari esa shu katta asosiy boʻlimga ulangan. Yuqoridan turib odamlarni kuzatish mumkin.
Vokzalning yuqori qismi poyezdlarga yaqinroq joyda “ochiladi.”
Vagonni toʻxtatib qoladigan qurilma.
Va vagonlarga chiqish qismi.
Velosiped uchun yoʻlakcha. Mashina toʻxtash joyi yoʻlakchaga nisbatan trotuarga yaqin.
Bu yerda esa oʻziga xos velosiped oʻtish joyi: xuddi piyodalar oʻtish joyidagidek uzuq chiziqlar bilan belgilangan.
Metall oʻrindiq.
Va shahardan chiqib togʻlar tomonga yoʻl olyapmiz.