Avvalgi hikoyamda aytganimdek, Denver shahrining gʻarbiy qismida AQShni deyarli ikkiga boʻluvchi togʻlar boshlanadi. Bu togʻlarning nomi — Qoyali togʻlar (Rocky Mountains). 80-55 million yil oldin paydo boʻlgan bu togʻlar oʻzining tabiati bilan juda koʻp odamni Koloradoga chorlaydi.
Denver — Kolorado shtatining poytaxti. Denverning sharqiy qismi asosan tekislikdan iborat. Manzara nimalardan iborat ekanligini avvalgi postimda koʻrish mumkin. Shaharning gʻarbidan esa tabiati juda chiroyli boʻlgan togʻlar boshlanadi. Shaharga tashrif buyuradigan sayohatchilarni, albatta, shu togʻlar oʻziga jalb qiladi.
2016-yilning iyunida bir nechta tanishlarim bilan Kanzas-Sitidan Denver shahriga minivenda sayohat qildik. AQShning katta yoʻllariga birinchi marta chiqayotganim uchun baʼzi narsalar menga qiziq tuyuldi. Albatta, AQShda yoʻl safari (road trip) odamni zeriktirmaydi: yilning har qanday paytida Amerikaning qismlarida toʻrtala fasl ham mavjud. Infrastruktura odamlar uchun qulay qilingani va odamlarda mashina haydash madaniyati yaxshi rivojlangani uchun bunaqa safarlar nisbatan yoqimli oʻtadi.
Sayohatning ikkinchi qismini boshlaymiz. Birinchi qismi bu yerda.
Xuddi avvalgi hikoyalarimdagidek, bunisini ham ikkiga boʻldim. Chunki, sayohat davomida deyari 2000 ta foto olibman. Ulardan saralab ajratib olganlarimdan 135 ta qoldi va shuncha fotoni bitta hikoyaga joylash ham texnik (maqola hajmi kattarib ketadi), ham qulaylik (odam juda katta maqolani oxirigacha oʻqimaydi har doim ham), ham tayyorlash tomonidan (juda uzun maqola yozish va uni tahrirlash qiyin) ancha noqulay.
2016-yilda Super Dispatch kompaniyasi Techstars startap akseleratoriga qabul qilinishi tufayli qishning oxiridan iyun oʻrtasigacha (bir oylik tanaffus bilan) Kanzas-Siti shahrida boʻldim. Men uchun birinchi chet elga sayohat va taassurotlarim juda koʻp boʻlgani uchun, sayohat haqidagi hikoyam ikki qismga boʻlingan. Quyida birinchi qismi bilan boʻlishaman.
2016-yilning aprelida Kanzas-Siti va Nyu-Yorkdan keyin Moskvaga sayohat qildim. Shaharga kirishim bilan Moskva ikki xil taassurot qoldirdi. Bir tomondan, zamonaviy shahar, kutubxonalar koʻp, arxitekturasi boy, odamlar navbatni tushunadi va h.k. Ikkinchi tomondan, umumiy tariximiz — Sovet davri boʻlgani uchun bizdagi oʻziga xosliklarni u yerdayam koʻrish mumkin. Shuning uchun, quyidagi baʼzi fotolar xuddi Toshkentda olinganga oʻxshaydi :)
Hikoyaning birinchi qismi: Nyu-York 2016-yilning mart-aprelida. Birinchi qism.
Birinchi tashrifimdayoq Nyu-Yorkni yoqtirib qolganman. Keyin koʻp marta bu shahar bilan yaxshiroq tanishish uchun imkoniyat boʻldi, lekin har safar shaharning yangi tomonlarini topaman.