Nyu-York 2016-yilning mart-aprelida. Birinchi qism.
Birinchi tashrifimdayoq Nyu-Yorkni yoqtirib qolganman. Keyin koʻp marta bu shahar bilan yaxshiroq tanishish uchun imkoniyat boʻldi, lekin har safar shaharning yangi tomonlarini topaman.
Aeroportdan chiqishda taksilar va odamlar uchun navbat mavjud: navbati kelgan odam boʻsh taksiga oʻtirib ketaveradi. Sariq taksilarning narxi Uber yoki Lyft narxlaridan qimmatroq, lekin qulay: ular aeroport ostonasi yonida doim mavjud.
Kir yuvadigan servis: bir qancha kir yuvadigan mashinalar shu yerning oʻzida “ijaraga” beriladi.
Nyu-York — eski shahar. Koʻp binolarda doimiy ravishda taʼmirlash ishlari olib boriladi. Binoni taʼmirlash jarayonida piyodalar xavfsizligi uchun trotuar usti yopiladi.
Baʼzi magazin va kafelar ovqatlanish yoki kofe ichish uchun stol-stullarni shundoq trotuarga chiqarib qoʻyishadi.
Daraxtni esa panjara bilanmas, skameyka bilan oʻrasa ham boʻladi.
Baʼzida, skameykani hokimiyat oʻrnatishi shart emas. Magazinning egasi ham qoʻlda yasab qoʻyishi mumkin.
Shahar trotuarlarida juda koʻp paketlarni koʻrish mumkin. Katta axlat qutilarini uchratish qiyin (ayniqsa Manhettenda) va odamlar axlat paketlarini shundoq yoʻl chetiga qoʻyishadi. Vaqti bilan maxsus transport olib ketadi.
Koʻcha sanʼati juda koʻp. Sal boʻsh turgan yoki tashlandiq joylarda albatta “street art” uchraydi.
Tayms-skverda kaaatta-katta ekranlar oʻrnatilgan. Filmlar birdaniga bir nechta ekranda reklama berishi mumkin.
Ekranlar bemalol koʻchani yoritadi.
Lyft reklamasi.
Amerika qurolli kuchlariga yollanish punkti. Menimcha, bu punkt ham armiyani reklama qilish, ham yozilish vazifasini bajaradi.
Politsiya otda yuribdi. Mashinada tirbandlikni yengish qiyin.
Kulayotgan politsiyachilar.
Jonli Ozodlik haykali.
Selfi tushish uchun maxsus joy.
Selfi tushish uchun maxsus joydan olingan foto. Tayms-skverda 24 soat davomida odamlar boʻladi.
Telefon.
Gidrant.
Xitoy restoranida taomlarning nomi xitoy tilida.
Manhettenda koʻp qavatli binolar koʻp.
Binodagi chiroqlar yordamida bemalol harf va belgilarni yasasa boʻladi.
Halol ovqat.
Velo-taksi.
Daraxtning tagi chiroyli yopilgan.
Rokfeller markazida deyarli hamma davlatning bayrogʻi bor. Oʻzbekistonnikini topolmaganman.
Muz tozalanyapti.
Kanalizatsiyalar (ariqlar) misga oʻxshagan metal bilan yopilgan. Zanglamasligi uchun?
Nega suratga olyapsan?
Cherkov.
Microsoft kompaniyasining magazini.
Dolce & Gabbana rang-barang, original kiosk tayyorlagani erinmagan.
Apple magazini. Devorlari shishadan qilingan.
Zinalari ham.
Stendlar (stollar) shu yerning oʻzida yasalyapti.
Apple magazini toʻgʻrisida ovqat sotilyapti.
Oʻt oʻchiruvchilarni yoki politsiyani chaqirish uchun qurilma.
Chekish oʻldiradi.
345-uy. Uyning eshigi shundoq trotuar yonida. Devorlar yoʻq.
Bruklindagi odatiy koʻcha.
Koʻp uylarda evakuatsiya uchun zina va narvonlar mavjud.
Metroning baʼzi qismlari yuqoridan oʻtgan.
Tagida bemalol mashinalar yuraveradi.
Odamlar zinalardan foydalanib metro bekatiga chiqishadi.
Uzun temir zinalar.
Taktil ogohlantirish uchun esa Kanzas-Sitidagidek alohida metal ishlatilmagan. Shunchaki arzonroq usulda betonda iz qoldirib ketilgan xolos.
Ikkinchi qismi: Nyu-York 2016-yilning mart-aprelida. Ikkinchi qism.